28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Salomatlik 👁 372

Tibbiyot sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida tadbirlar oʻtkazildi

Tibbiyot sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida tadbirlar oʻtkazildi

Korruptsiya – bu jamiyatning barcha sohalariga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli illatdir. U ijtimoiy adolatsizlikni kuchaytiradi, fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini susaytiradi, iqtisodiy oʻsishni sekinlashtiradi va investitsiya muhitini yomonlashtiradi. Korruptsiya tufayli byudjet mablagʻlari notoʻgʻri taqsimlanadi, davlat xizmatlari sifati pasayadi va fuqarolarning huquqlari poymol boʻladi. Bu esa pirovardida jamiyatda norozilik kayfiyatini oshirib, barqarorlikka tahdid soladi.

Shu sababli Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu borada qator qonun hujjatlari qabul qilindi, maxsus organlar tashkil etildi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maqsad – korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashish tizimini yaratish, uning ildizlarini qirqish va jamiyatda korruptsiyaga nisbatan toqatsiz muhitni shakllantirishdir.

Amudaryo tumanida ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yaqinda tuman Prokuraturasi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi va unga hududlardagi tibbiy muassasalar masʼul xodimlari ishtirokida shu masalada yigʻilish oʻtkazildi.

Korruptsiyaning zararli oqibatlari va unga jazo muqarrarligi haqida atroflicha maʼlumotlar berilgan ushbu yigʻilishda Amudaryo tumani prokurori Bahrom Masharipov, Prokuratura masʼul xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman boʻlimi mutasaddilari ishtirok etdi.

Aytish joizki, tibbiyot sohasi aholi salomatligi bilan bevosita bogʻliq boʻlgani uchun bu yerda korruptsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurashish alohida ahamiyatga ega. Bu borada tibbiyot muassasalarida shaffoflikni oshirish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, elektron tizimlarni joriy etish va xodimlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Maqsad – bemorlarning sifatli va adolatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini taʼminlashdir.

Shifokorlik – bu nafaqat kasb, balki yuksak masʼuliyat va insoniylikni talab etuvchi sharafli burchdir. Shifokor qasamiga xilof tarzda korruptsion harakatlarga qoʻl ursa, nafaqat oʻz obroʻsini toʻkadi, balki bemorning hayotini xavf ostiga qoʻyadi va butun tibbiyot tizimiga boʻlgan ishonchga putur yetkazadi. Bunday harakatlar qonun oldida javobgarlikka sabab boʻlishi bilan birga, insoniy va axloqiy jihatdan ham kechirilmasdir ishdir.

Tibbiyot tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarga jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari ham munosib hissa qoʻshmoqda. Amudaryo televideniyesi tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi moliyalashtirgan “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida ham tuman Tibbiyot birlashmasi va joylardagi tibbiy muassasalarda targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Targʻibot tadbirlarida korruptsiyaning oqibatlari haqida tushunchalar berilmoqda. Shifoxonaga tashrif buyurgan bemorlar va ularning yaqinlariga tarqatma materiallar tarqatilib, shifokorlarga milliy qonunchilikda korruptsionerlarga belgilangan jazolar haqida maʼlumotlar taqdim qilinmoqda.

Chindan ham, korruptsiyaga qarshi kurashish faqat davlat organlarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning umumiy ishidir. Nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bu jarayonda yanada faol boʻlsa, bundan davlat ham, jamiyat ham yutadi. Ular jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy ongini oshirish, korruptsiya holatlarini fosh etish va bu borada davlat organlari bilan hamkorlik qilish orqali korruptsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Zero, bu illatga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflik eng asosiy qurolidir.

Amudaryo tumanida oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar korruptsiyaga qarshi kurashishda kompleks yondashuvning amaliy namunasidir. Prokuratura, mahalliy hokimiyat, tibbiyot muassasalari va ommaviy axborot vositalarining hamkorligi korruptsiyaga qarshi samarali kurashish uchun zamin yaratadi. Bunday tadbirlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan toqatsiz muhitni shakllantirish va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026