28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:52
Jamiyat 👁 316

"Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy koʻmak" aktsiyasi oʻtkazildi

"Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy koʻmak" aktsiyasi oʻtkazildi

Oʻzbekistonda ijtimoiy davlat tamoyillarini amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga har tomonlama yordam koʻrsatish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash va jamiyatda adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan. Bu borada nafaqat moddiy yordam, balki huquqiy koʻmak ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki koʻpincha bunday fuqarolar oʻz huquqlarini bilmasligi yoki ularni himoya qilish uchun yetarli imkoniyatlarga ega boʻlmasligi sababli turli muammolarga duch kelishadi. Huquqiy koʻmak esa ularga oʻz muammolarini qonuniy yoʻl bilan hal etishda va davlat tomonidan berilgan imtiyozlardan samarali foydalanishda katta yordam beradi.

Adliya vazirining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy koʻmak” aktsiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanining Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini binosida hamkor tashkilotlar, jumladan tuman Prokuraturasi, Adliya boʻlimi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi tomonidan keng qamrovli huquqiy aktsiya oʻtkazildi.

Tadbirda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari ishtirok etib, ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan inson huquqlari kafolatlari va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 100 dan ortiq huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.

Aktsiya davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning deyarli barchasi joyida hal etildi. Jumladan, aksariyat fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlar, kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Bir nafar fuqaroning murojaatiga asosan uning xonadoni tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari tomonidan dezinfektsiya qilib berildi.

Tadbir doirasida 30 nafar fuqarolar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 20 nafar fuqarolarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. 3 nafar fuqarolar ultratovush diagnostikasi tekshiruvidan, 2 nafar fuqaro esa elektrokardiogramma koʻrigidan oʻtkazilib, laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilgan 5 nafar fuqarolarga tegishli tartibda shifoxonalarga yoʻllanmalar berildi. Bunday amaliy yordamlar aholining salomatligini mustahkamlashga va ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan muhim qadamdir.

Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tumanida oʻtkazilgan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy koʻmak” aktsiyasi davlatning aholiga gʻamxoʻrligining yana bir yorqin namunasi boʻldi. Bu kabi tadbirlar fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, ularning muammolarini joyida hal etishga va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Hamkor tashkilotlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli koʻplab ehtiyojmand fuqarolar oʻz huquqlarini himoya qilish va hayotiy muammolarini hal etishda amaliy yordam oldilar. Bu esa jamiyatda oʻzaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilish aholining huquqiy ongini oshirishda va ularni oʻz huquqlaridan xabardor qilishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026