28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:46
Jamiyat 👁 322

INShOLAR TANLOVLARINING GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

INShOLAR TANLOVLARINING GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurash umummilliy harakatga aylangan. Chunki korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar yoʻlidagi jiddiy toʻsiqdir. Shu bois, jamiyatimizni ijobiy tomonga oʻzgartirish, hayotimizni yanada farovon qilishdek ezgu niyatlarimizni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, birinchi galda fuqarolar, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini uygʻotish muhim ahamiyatga ega.

Bu boradagi ishlarga ommaviy axborot vositalari tahririyatlari ham faol ravishda hissa qoʻshib kelmoqda. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Biz korruptsiyaga qarshimiz!” nomli va Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihalari ham ana shu illatning oldini olish borasidagi tizimli ishlarga hissa qoʻshishga qaratilgandir.

Grant loyihalari ish rejasiga asosan Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlarda korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirish maqsadida insholar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining grant loyihasi doirasida “Kelajakda xalqimga halol xizmat qilaman” mavzusidagi va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining grant loyihasi doirasida “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!” mavzusidagi insholar tanlovlari tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda yuqori saviyada oʻtkazildi.

Mazkur tanlovlarda umumtaʼlim maktablarining 100 nafardan ortiq oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Tanlovlarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad — oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida korruptsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini uygʻotish orqali korruptsiyadan xoli, halollik, adolat va barqaror taraqqiyot tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etishga hissa qoʻshishdir.

Tahririyatlarga kelib tushgan insholar hakamlar hayʼati tomonidan oʻrganilib, baholandi. Tanlov yakunlariga koʻra jami 12 nafar eng sara insholar mualliflari Amudaryo televideniyesi tahririyatiga taklif qilindi.

Taqdirlash marosimida loyiha koordinatorlari tanlov gʻoliblari bilan dildan, samimiy suhbatlashib, oʻquvchi-yoshlarning korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi fikrlari, kelajakdagi orzulari bilan yaqindan tanishdilar.

Hakamlar hayʼatining xulosalariga koʻra Amudaryo televideniyesi tahririyati tomonidan eʼlon qilingan “Kelajakda xalqimga halol xizmat qilaman” mavzusidagi insholar tanlovida birinchi oʻrin 50-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Xosiyat Rajabovaga nasib etdi. 3-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Jazira Bazarbayeva hamda 50-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi Shahlo Baxtiyorovalar yozgan insholar 2-oʻringa loyiq koʻrildi. 1-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchilari Suhrob Karimboyev va Zilola Hayitboyevalar hamda 50-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Poʻlatovalar esa tanlovda 3-oʻrinni egalladilar.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan oʻtkazilgan “Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!” mavzusidagi insholar tanlovida esa 1-oʻrin 14-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Charos Tursunboyevaga nasib qildi. 40-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Kamola Yoʻldosheva hamda 3-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Aysuluv Muratbayevalar yozgan insholar 2-oʻringa munosib koʻrildi. 3-oʻrin esa 50-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Aynura Bazarbayeva, 1-sonli maktab oʻquvchisi Gulruh Ibrohimova hamda 14-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Jayna Oʻrazmuxambetovalarga nasib etdi.

Tadbir davomida tanlov gʻoliblariga faxriy yorliqlar, sovgʻalar topshirildi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026