Jasorat sinfi – Vatanga sadoqat maktabi
Amudaryo tumani Xotira maydonida yurtimiz kelajagi, ertangi kunimiz bunyodkorlari bölgan yoşlar uçun muhim va esda qolarli tadbir – 56-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil etilgan jasorat sinfi öquvçilarining tantanali vaʼda beriş marosimi bölib ötdi.
Mazkur tadbirda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov boşçiligida masʼul rahbarlar, Qurolli Kuçlar tarkibiga kiruvçi vazirlik va idoralar hududiy rahbarlari, keng jamoatçilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Tadbir avvalida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Şundan söng öquvçilar birin-ketin vaʼda beriş maydoniga çaqirildi.
Jasorat sinfi taşkil etilişidan maqsad – yoş avlodni harbiy-vatanparvarlik milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, taʼlim oluvçilarni “Temurbeklar maktabi” va “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Qurolli Kuçlar tarkibiga kiruvçi vazirlik va idoralarning oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim muassasalariga öqişga kirişlari uçun maqsadli tayyorlaşdir. Bu sinfda tahsil olayotgan öquvçilar nafaqat nazariy bilim, balki dastlabki harbiy tayyorgarlik könikmalarini ham egallab boradilar. Şuningdek, ularning ijodiy qobiliyatlari, jismoniy tayyorgarligi ham rivojlantiriladi.
Şu jihatdan qaraganda, jasorat sinfi yoşlarning nafaqat kelgusida harbiy xizmatga munosib bölişi, balki ularning mustahkam irodali, qatʼiyatli va intizomli inson bölib voyaga yetişida ham muhim örin tutadi.
Tantanali marosimda sözga çiqqanlar öquvçilar va ularning ota-onalarini uşbu muhim voqea bilan samimiy tabrikladilar. Ular yoşlar zimmasiga yuklanayotgan masʼuliyatni yuksak qadrlab, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiliş har bir fuqaroning şarafli burçi ekanini taʼkidladilar.
Şuningdek, tadbir davomida tuman Sport maktabi şuğullanuvçilari öz çiqişlari bilan iştirokçilarda katta taassurot qoldirdilar. Yoş sportçilarning kuç-quvvat, epçillik va matonatni namoyiş etgan çiqişlari tadbirga özgaça ruh bağişladi.
Qayd etiş joizki, uşbu jasorat sinflariga maktablarning 4-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan öquvçilar tanlov asosida qabul qilinadi. Jasorat sinflarida öqiş muddati 7-yilni taşkil etadi. Uşbu sinflardagi öquvçilar soni 26 nafardan ortiq bölmasligi belgilangan.
Bugun yurtimizda yoş avlodni maʼnaviy barkamollik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jasorat sinflarining taşkil etilişi ham ana şu ezgu taşabbuslarning amaliy ifodasi bölib, ertangi kun egalari bölgan öğil-qizlarimiz uçun mustahkam poydevor vazifasini ötamoqda.
Zero, Vatan taqdiri, uning kelajagi yoşlarning bilimdonligi, matonati va sadoqatiga çambarças boğliqdir. Tumanimizda ötkazilgan uşbu marosim esa navqiron avlod qalbida yurtga mehr, sadoqat va fidoyilik tuyğularini yanada kuçaytirişga xizmat qildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶