12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:53
Jamiyat 👁 440

“ÖZBEK ARSLONI” FILMI — QAHRAMONLIK VA JASORAT TARANNUMI

“ÖZBEK ARSLONI” FILMI — QAHRAMONLIK VA JASORAT TARANNUMI

Tarix sahifalarida şunday qahramonlar borki, ularning jasorati va matonati yillar ötsa-da, avlodlar xotirasida mangu yaşaydi. Yaqinda Şimoli-ğarbiy harbiy okrugining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida aynan şunday mardlarning asl namunasi, farğonalik 2-jahon uruşi qahramoni Mamadali Topivoldiyev hayotiga bağişlangan “Özbek arsloni” filmining taqdimoti bölib ötdi.

Mazkur kartina tomoşabinlar tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olindi. Uşbu film xalqimizning mardlik, vatanparvarlik va jasorat kabi yuksak qadriyatlarini tarannum etuvçi, yoş avlodni milliy ğurur va tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalaşga xizmat qiluvçi muhim ekran asari sifatida eʼtirof etilmoqda.

Mamadali Topivoldiyev 1919-yil 20-sentyabrda Rişton tumanidagi Pandigon qişloğida, mehnatkaş dehqon oilasida dunyoga kelgan. Mamadali özining ilk mehnat faoliyatini Rişton aloqa bölimida poçtalonlik vazifasidan boşlaydi. Biroq keyinçalik traktorçilik kasbiga mehr qöyib, maxsus kursda öqiydi. Uning tinç va mazmunli hayoti 1939-yilda harbiy xizmatga safarbar etilişi bilan butunlay özgarib ketdi.

2-jahon uruşi yillarida Mamadali Topivoldiyev özining çinakam jasoratini namoyon etdi. Uning frontdagi harakatlari duşman uçun haqiqiy dahşatga aylandi. Tarixiy maʼlumotlarga köra, u duşmanning jami 19 ta eşelonini portlatib yuborgan. Qöl jangida 76 nafar nemis askarini yer tişlatib, 1 nafar nemis generalini asirga olgan. Asosiy quroli pulemyot bölgan bu qahramonning qayd varaqasida 150 dan ortiq nemis askari va ofitserlarini qirib taşlagani, 180 nafarini asirga olgani, şuningdek 20 dan ortiq avtomaşinani yöq qilgani tarixiy fakt sifatida keltirib ötilgan. Bunday ulkan talafotlardan ğazablangan Gitler Topivoldiyevni tutgan nemis askarlariga 50 ming, ayrim manbalarga köra esa 25 ming reyxsmarka miqdorida pul mukofoti vaʼda qilgani ham uning faşistlar uçun naqadar katta xavf tuğdirganini isbotlaydi.

Uruş yakunlangaç, 1945-yil 8-mayda xizmatdan ozod etilgan Mamadali maʼlum muddat Minsk şahrida Belorussiya Qişloq xöjaligi xalq komissarligida haydovçi bölib işlaydi va söng öz qişloğiga qaytadi. Tinçlik davrida ham u tinim bilmadi. 1947-yil 16-fevralda Özbekiston Oliy Sovetining 1-çaqiriq deputati etib saylandi. Faoliyati davomida 1946-yilda kolxoz raisi, keyinçalik tuman isteʼmolçilar uyuşmasi bölimi rahbari, Rişton gidroelektr stantsiyasi rahbari, kolxoz raisi kabi lavozimlarda samarali faoliyat yuritadi.

Afsuski, 1969-yil 6-may kuni Mamadali Topivoldiyev öz işxonasida nomaʼlum şaxslar tomonidan piçoqlanib, fojiali tarzda halok böladi. Biroq qahramonning yorqin xotirasi xalq qalbidan öçgani yöq. Köplab şahar va qişloqlarda uning haykallari örnatilgan, köçalarga, maktablarga uning nomi berilgan. Şubhasiz, bu mard özbek öğlonining jasorati kelajak avlodlar uçun vatanparvarlikning oliy namunasi bölib xizmat qiladi.

"Özbek arsloni" filmining taqdimoti şunçaki madaniy tadbir bölib qolmasdan, balki tarixiy haqiqat va ölmas jasoratning katta ekranlardagi yorqin aksiga aylandi. Uşbu kinoasar orqali tomoşabinlar faqatgina ötmiş voqealarini kuzatib qolmay, balki yurt ozodligi yölida jonini fido qilişga tayyor bölgan botirlarimizning içki keçinmalari, qatʼiyati va çeksiz vatanparvarligini öz yuraklaridan ötkaziş imkoniga ega böldilar. Ekranda gavdalangan Mamadali Topivoldiyev obrazi har bir insonni bugungi musaffo osmon va tinçlikning qadriga yetişga, bu yölda tölangan buyuk badallarni heç qaçon unutmaslikka undaydigan kuçli maʼnaviy omil vazifasini ötaydi.

Mazkur film, ayniqsa, bugungi kunda safda turgan askarlar va harbiy xizmatçilar uçun tengsiz tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Harbiy libos kiyib, Vatan sarhadlarini qöriqlayotgan yoş öğlonlar ekrandagi "Osiyo arsloni"ning şijoati, sadoqati va yuksak irodasini körar ekan, tomirlarida aynan şunday yengilmas qahramonlarning qoni oqayotganini teran his qiladilar. Film harbiy xizmatçilarda jangovar ruhni şakllantiriş, kasbga bölgan sadoqatni mustahkamlaş va Vatan himoyasidek muqaddas burçni şaraf bilan bajarişga undovçi beqiyos motivatsiya manbai bölib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026