Amudaryo tumanida Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirining sayyor qabuli ötkazildi
25-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Xamrayev Amudaryo tumanida ommaviy sayyor qabul ötkazdi. Uşbu tadbir nafaqat hudud aholisining muammolarini hal etiş, balki suv resurslaridan oqilona foydalaniş, sohada olib borilayotgan islohotlarni tuşuntiriş hamda joylardagi amaliy muammolarga yeçim topiş uçun muhim muloqot maydoniga aylandi.
Tumanning Çoyköl ovulida taşkil etilgan sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Teşayev, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Baxtiyor Yusupov, mutasaddi idoralar vakillari, suv xöjaligi sohasi mutaxassislari, fermer xöjaliklari rahbarlari hamda suv isteʼmolçilari, aholi vakillari qatnaşdi.
Vazir Şavkat Xamrayev öz çiqişida mamlakatimiz suv xöjaligi tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida töxtalib, Prezident taşabbusi bilan qabul qilingan yangi farmon va qarorlarning amaliy ahamiyatini atrofliça tuşuntirdi. Xususan, suv resurslaridan samarali foydalaniş, ularni tejaş va qayta taqsimlaş, yangi texnologiyalarni joriy etiş, möl hosil yetiştirişda suvning töğri boşqarilişi hal qiluvçi omil ekanini taʼkidladi.
Tadbir oçiq muloqot şaklida davom ettirildi. Unda hududdagi fermerlar, tadbirkorlar, mahalla faollari öz muammolari va takliflari bilan murojaat qildilar. Suv taqçilligi, irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlaş, suğoriş tizimlarida elektr taʼminoti, yangi quvurlar tortiş kabi masalalar kötarildi.
Qabul jarayonida jami öndan ortiq murojaat tinglandi. Ulardan köpçiligiga joyida hal etiladi. Ayrim masalalar esa qöşimça örganişni talab etgani bois, mutasaddilarga aniq topşiriqlar berildi. Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Baxtiyor Yusupov va Amudaryo tumani “Suv yetkazib beriş xizmati” davlat muassasasi direktori Baxtiyor Davekovlar uşbu masalalar ijrosiga masʼul etib belgilandi.
Qabul yakunida iştirokçilar öz murojaatlari ijobiy hal etilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, suv xöjaligi tizimi vakillariga minnatdorçilik izhor qildilar. “Eng muhimi – bizning ovozimiz eşitilayotganidan, muammolarimiz joyida hal qilinayotganidan xursandmiz”, – deya taʼkidladilar ular.
Darhaqiqat, suv – hayot manbai. Uning oqilona boşqarilişi nafaqat dehqonning möl hosili, balki xalq farovonligi va yurt taraqqiyoti bilan çambarças boğliq. Tumanimizda ötkazilgan uşbu sayyor qabul ham aynan şu ezgu maqsadlarga xizmat qildi.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan suv xöjaligini takomillaştiriş, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş, mavjud resurslardan samarali foydalaniş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bunday oçiq muloqotlar esa bu jarayonni yanada jadallaştiriş, xalq bilan tizim mutasaddilari örtasida bevosita aloqani mustahkamlaş uçun muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶