28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Jamiyat 👁 376

AMUDARYo TUMAN IIB YHXB XODIMLARI FAXRIY USTOZLARIGA HURMAT-EHTIROM KOʻRSATDILAR

AMUDARYo TUMAN IIB YHXB XODIMLARI FAXRIY USTOZLARIGA HURMAT-EHTIROM KOʻRSATDILAR

Xalqimiz sevib nishonlaydigan bayramlar koʻp. Har bir bayram oʻz mazmun-mohiyati jihatidan koʻngillarga olam-olam zavq bagʻishlaydi. Lekin shunday bir goʻzal ayyom borki, unda milliy-maʼnaviy qadriyatlar, xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, hurmat va ehtirom tuygʻulari yanada ulugʻlanadi. Bu ayyomda insoniyatga oq-qorani tanitib, mustaqil hayotga yoʻllagan, mustaqil fikrlashga oʻrgatgan, orzu-umidlarning charogʻon manzillari sari intilishga chorlagan va kelajakka ishonch uygʻotgan buyuk zot — aziz Ustozlar sharaflanadi.

Mamlakatimizda 1-oktyabr — “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami ana shunday ezgu fazilatlarni oʻzida mujassam etgani bilan har bir qalb uchun aziz va qadrli.

Bayram arafasida va bayram kunlari boʻlib oʻtgan tantanali tadbirlarda nafaqat oʻqituvchi va murabbiylar, balki barcha sohalar boʻyicha fidokorona mehnat qilgan, oʻz faoliyatlari davomida koʻplab yosh mutaxassislarga kasb sirlarini oʻrgatgan, ularning mustaqil ish yuritishlari uchun zarur maslahat va tavsiyalari bilan yaqindan yordam bergan insonlarga shogirdlari yuksak eʼtibor va ehtirom koʻrsatdilar, ustozlari koʻnglini obod etishib, bayram sovgʻalarini taqdim qildilar.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari ham 1-oktyabr — “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramini har gal ustozlarini sharaflash ayyomi sifatida keng nishonlaydilar. Bu galgi bayram arafasida ham uzoq yillar mazkur sohada faoliyat olib borgan, koʻplab yosh mutaxassislarga nafaqat kasbiy mahorat sirlarini, balki sohaga xos boʻlgan halollik va adolat tamoyillariga mos ish yuritish, kasb madaniyati va axloqiy qoidalarini oʻrgatgan hamda bu borada oʻzlari ibrat boʻlgan faxriylar xonadonlariga tashrif buyurishib, ustozlarini bayram bilan tabrikladilar.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi, safdor Bekzod Qozoqov rahbarligidagi bir guruh xodimlar Qipchoq shaharchasida istiqomat qiluvchi faxriy ustozlari Qadamboy Qorajonov xonadonida boʻldilar.

Oʻz mehnat faoliyati davomida yoʻllarda harakat xavfsizligini, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashdek mashaqqatli va masʼuliyatli vazifani bekamu koʻst ado etgan, shu bilan birga koʻplab yosh mutaxassislarga ustozlik qilgan Qadamboy ogʻa ayni paytda nafaqada, keksalik gashtini surmoqda.

U bayram munosabati bilan xonadoniga tashrif buyurgan shogirdlari bilan oʻzi ishlagan davrdagi qiyinchiliklar, yoʻllardagi nosozliklar haqida soʻz yuritib, bugun yurtimizda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlari xususida suhbatlashdi. Ayniqsa, yoʻllarning ravonligi, yoʻl belgilarining aniqligi, radarlar, kameralarning ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Faxriy ustoz bilan uchrashuv davomida boʻlinma boshligʻi, safdor Bekzod Qozoqov shogirdlar hurmat va ehtiromining ramzi sifatida Qadamboy ogʻa Qorajonovga bayram sovgʻasini topshirdi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari shu kuni Mangʻit shahrida istiqomat qiluvchi xizmat faxriysi Saidjon ogʻa Jumaboyev bilan ham uchrashib, ustozni bayram bilan tabrikladilar va bayram sovgʻasi topshirdilar. Oʻz navbatida Saidjon ogʻa Jumaboyev ham davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbat uchun, qolaversa, shogirdlarining tashrifi, samimiy tilaklari uchun minnatdorlik bildirdi.

Ustozga hurmat va ehtirom koʻrsatish — azaliy qadriyat, qolaversa, bizning yoʻllarimizni oydin, hayotimizni nurafshon qilgan ustozlar hayoti va ularning fidokorona mehnati, yuksak insoniy sifatlari har birimiz uchun haqiqiy hikmatlar xazinasidir. Ulugʻ hazrat Mir Alisher Navoiy chuqur ehtirom bilan aytganlaridek:

"Haq yoʻlinda kim sanga bir harf oʻqutmish ranj ila,

Aylamak boʻlmas ado oning haqin ming ganj ila".

Zero, ustozga ehtirom — bu taqdir insonga ravo koʻrgan baxt-u saodatga, farovon hayotga, kelajakka ehtiromdir.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026