Bözatovda nogironligi bölgan bolalar uçun "Kunduzgi parvariş" xizmati iş boşladi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining şu yil 5-fevraldagi “Nogironligi bölgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga asosan 2025-yil 1-martdan boşlab 1-oktyabrga qadar respublikaning barça hududlarida 3 yoşdan 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalar uçun davlat-xususiy şeriklik asosida kunduzgi parvariş xizmati yölga qöyildi.
Qarorning asosiy maqsadi – aholining eng zaif qatlamining hayot sifatini oşiriş, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etiş va oilalarga körsatiladigan ijtimoiy kömak hajmini kengaytirişdir.
Özbekistondagi ijtimoiy himoya siyosatining amaldagi ifodasi sifatida mazkur qaror asosida Bözatov tumanida ham "Kunduzgi parvariş" xizmati yölga qöyildi. Xizmat tumandagi yakka tartibdagi tadbirkor Kommuna Pirnazarovaga qaraşli maktabgaça taʼlim taşkiloti bazasida taşkil etildi. Bu esa xususiy sektorning ham ijtimoiy loyihalarga faol jalb etilayotganini körsatuvçi ibratli amaliyotdir.
"Kunduzgi parvariş" xizmatining oçiliş marosimida Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi masʼullari, tuman mutasaddilari va aholi vakillari iştirok etib, Prezidentimiz taşabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan bu tizim nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan oilalarning turmuş tarzini tubdan yaxşilaşga qaratilgan tizimli yondaşuvning uzviy qismi ekanini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladilar.
Aytiş joizki, guruhga qabul qilinadigan har bir bola Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi qoşida tuzilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan çuqur tekşiruvdan ötkaziladi. Bu jarayon har bir bolaning individual ehtiyojlarini aniqlaş va unga mos individual rivojlantiruvçi dastur tuziş uçun xizmat qiladi.
Joylarda taşkil qilinayotgan bu kabi muassasalarda bolalar malakali mutaxassislar – logoped, defektolog, psixolog va tarbiyaçilar kömagida nafaqat parvariş qilinadi, balki ular iştirokida tizimli korrektsion-rivojlantiruvçi maşğulotlar ötkaziladi.
Uşbu xizmatning yölga qöyilişi bir neçta strategik maqsadlarga xizmat qiladi. Ulardan eng muhimi – "Kambağallikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini taʼminlaş orqali oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirişdir. Sababi, nogironligi bölgan farzandini parvarişlaş uçun, köp hollarda ota-onalardan biri mehnat faoliyatidan uzilib qolişga majbur böladi. "Kunduzgi parvariş" xizmatining taşkil etilişi, aynan şu ota-onalarga kunduzgi vaqtda mehnat faoliyati bilan şuğullaniş, daromad topiş va oilaviy byudjetni mustahkamlaş uçun real imkoniyat yaratadi. Bu öz navbatida oilaning ijtimoiy himoyaga muhtojligini kamaytirib, ularni mustaqil farovonlikka erişişga undaydi.
Bundan taşqari, xizmatning yana bir ulkan ijtimoiy ahamiyati – nogironligi bölgan bolalarni jamiyatga integratsiya qilişdir. Bolaning kunning maʼlum qismini maxsus dasturlar asosida rivojlantiruvçi markazda ötkazib, keçki payt oilasi bağriga qaytişi – uning ruhiy va psixologik holati uçun ğoyat muhimdir.
"Kunduzgi parvariş" xizmati – bu şunçaki vaqtinçalik parvariş emas, balki nogironligi bölgan bolalarni ijtimoiy moslaştiriş, öqitiş va soğlomlaştirişga qaratilgan yangi tizim asosidagi kompleks yondaşuvdir. Bu tizim bolalarning yoşi va rivojlaniş xususiyatlariga qarab öquv-tarbiya jarayonini taşkil etişni, ularning tengdoşlari bilan muloqot qilişi uçun şaroit yaratişni nazarda tutadi.
Uşbu taşabbus Bözatov tumanidagi köplab oilalarga yengillik olib kelib, ijtimoiy adolat va inson qadri tamoyillarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶