28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Jamiyat 👁 368

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov Amudaryo tumani Adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov Amudaryo tumani Adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida oʻz natijalarini koʻrsatmoqda. Xususan, adliya tizimida boshlangan yangilanish jarayonlari fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, huquqiy xizmatlarni yanada ommalashtirish va adliya organlarining masʼuliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

2024-yil 24-may kuni qabul qilingan “Maʼmuriy islohotlar doirasida Adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni adliya tizimidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Ushbu hujjat orqali adliya organlari zimmasiga aholi manfaatlarini yanada samarali himoya qilish, davlat xizmatlarini ixcham va sifatli koʻrsatish, shuningdek, joylarda huquqiy tarbiya va targʻibotni kuchaytirish kabi qator dolzarb vazifalar yuklatildi.

Mazkur islohotlarning hududlarda qanday ijro etilayotgani bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdi. Safar davomida vazir Amudaryo tumanida boʻlib, tuman Adliya boʻlimi faoliyatini oʻrgandi.

Oʻrganish jarayonida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri Elmurod Tursunov, vazirning birinchi oʻrinbosari Aman Prenov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov ham ishtirok etdilar.

Dastlab aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, ularni hal etish mexanizmlarini takomillashtirish va mahalla darajasida huquqiy targʻibot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi. Shu bilan birga, mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda davlat organlarining quyi boʻgʻinlariga metodik yordam koʻrsatish masalalari ham alohida muhokama qilindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Aman Prenov respublika va tuman miqyosida adliya sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot oʻtkazdi. Unda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy muammolarni huquqiy mexanizmlar orqali hal etishga doir yangicha yondashuvlar tilga olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov ham yigʻilish ishtirokchilariga bir qator amaliy tavsiyalar berdi. Xususan, ovul va mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash, oilaviy zoʻravonlik va ajrimlarning oldini olish masalalari boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

Shuni alohida qayd etish joizki, huquqiy targʻibot ishlari qanchalik kengaytirilsa, fuqarolar oʻz huquqlarini shunchalik yaxshi bilib, ularni himoya qila oladi. Adliya tizimidagi islohotlar nafaqat huquqshunoslar yoki davlat idoralari faoliyatiga, balki har bir fuqaroning hayotiga bevosita taʼsir etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning Qoraqalpogʻistonga tashrifi adliya tizimidagi islohotlarning joylardagi ijrosini kuchaytirish, aholiga bevosita yordam koʻrsatish va mahallalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy qadamlardan biri boʻldi. Zero, kuchli huquqiy poydevor – taraqqiyotning asosiy garovidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026