AFĞONISTONDAGI JANGOVAR HARAKATLARDA HALOK BÖLGAN JANGÇILAR XOTIRLANDI
Sobiq ittifoq davrida Afğoniston hududidagi jangovar harakatlarda amudaryolik 350 nafar navqiron yigitlar iştirok etişgan. Ulardan 13 nafari qardoş Afğoniston tuproğida halok bölgan. Köplab harbiy xizmatçilar esa uşbu maşʼum uruşdan nogiron holda, turli darajadagi kasalliklar bilan qaytişgan.
Qanglilik navqiron yigit Zarifboy Xudoyorov ham Afğon tuproğidagi maqsadsiz uruş janggohlarida jon berganida hali 19 yoşga ham tölmagan edi. Ota-onasi bağridan öz yigitlik burçini ötaş, ona Vatanini himoya qiliş uçun harbiy xizmatga çaqirilgan Zarifboy Xudoyorov soğ-salomat çiqib ketib, uyiga temir tobutda qaytdi. Agar u hozir hayot bölganida öğil-qizlarining kamolini körib, umrining rohat-faroğatli pallasiga qadam qöygan bölardi. Nuroniy yoşga yetgan onasi Şolmon momo Xudoyorova esa hamon öğlining xotiralaridan öziga taskin topib yaşaydi.
Joriy yilning 10-oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi "VETERAN" jangçi-faxriylar va nogironlar birlaşmasining Qoraqalpoğiston bölimi Kengaşi boşliği Yusupbek Allanbekov Amudaryo tumaniga taşrif buyurib, Zarifboy Xudoyorov tuğilib-ösgan xonadonda böldi va qahramon jangçining onasi Şolmon momo Xudoyorova bilan uçraşdi.
Uçraşuv tadbirida Qum yop mahalla fuqarolar yiğini raisi Sodiq Qurbonboyev, mazkur mahalla faollari, Zarifboy Xudoyorovning yaqinlari iştirok etişib, sobiq baynalmilal jangçining bolaligi va yoşligi bilan boğliq xotiralarini yodga oldilar hamda marhum jangçi xotirasiga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.
Uçraşuv davomida Şolmon momo Xudoyorovaga "VETERAN" jangçi faxriy va nogironlar birlaşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi Kengaşi tomonidan sovğalar topşirilib, u tuğilib-ösgan xonadonga "Bu xonadonda Afğoniston hududidagi jangovar harakatlarda halok bölgan jangçi Xudiyarov Zarifboy Madiyaroviçning oila aʼzolari yaşaydi" mavzusidagi lavha ilib qöyildi.
Şuningdek, masʼullar Afğon uruşida halok bölgan Tangirbergan Aytekov tuğilib-ösgan xonadonda ham bölib, qahramon jangçining onasi Rima momo Aytekova bilan uçraşdi. Uçraşuvda quroldoşlar Rahmatulla Hayitboyev, Ozod Xöjaniyozov, Şavkat Saidboyevlar hamda Namuna Mahalla fuqarolar yiğini raisi Komiljon Tojimovlar mehmonga hamrohlik qildilar. Uçraşuvda Tangirbergan Aytekovning bolaligi, öquvçilik va yoşlik davri, insoniy fazilatlari yodga olinib, mahalla imomi Farhod Avezov tomonidan Qurʼon tilovat qilindi va marhumning onasi Rima momo Aytekovaga sovğalar topşirilib, xonadoniga maxsus lavha ilindi.
Şu kuni Yusupbek Allanbekov rahbarligida Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi binosida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda Afğoniston hududidagi jangovar harakatlarda iştirok etgan sobiq jangçi-faxriylar, ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida, yoş avlod taʼlim-tarbiyasi sohasida faoliyat olib borayotgan bir guruh öqituvçi-murabbiylarning ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik, mustaqillik ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi xizmatlari alohida eʼtirof etilib, ularga "VETERAN" jangçi-faxriylar birlaşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan "Minnatdorçilik xati" topşirildi.
Uçraşuvda sözga çiqqanlar bugungiday tinç va osoyişta hayotning, farovonlikning qadriga yetiş, yoş avlod qalbida millatlararo totuvlik, döstlik, xalqparvarlik, istiqlol ğoyalariga sadoqat tuyğularini uyğotiş, ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qiliş har bir fuqaroning zimmasidagi masʼuliyatli burçi ekanligini taʼkidladilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶