Aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantiriş yölida
Jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini yaratiş, yoş avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdiriş va bu illatga qarşi kuraşiş nafaqat davlat organlarining, balki jamoat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatçilikning ham vazifasidir. Şu yönalişdagi işlarga hissa qöşiş va bu borada amalga oşirilayotgan işlarni keng tarğib qiliş maqsadida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining grant tanloviga öz loyihasini taqdim qilgan edi. Parlament komissiyasining qaroriga köra “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” mavzusidagi mazkur loyiha fond tomonidan moliyalaştirildi va ayni kunlarda grant loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Loyiha iş rejasiga asosan jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni şakllantirişga qaratilgan qator amaliy işlar qilinmoqda. Xususan, aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantiriş maqsadida gazeta sahifalarida va uning veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida muntazam ravişda maqolalar va suhbatlar eʼlon qilinmoqda. Qolaversa, mahallalarda huquqşunoslar va jamoatçilik faollari bilan oçiq uçraşuvlar ötkazilib, aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilmoqda. Bu kabi uçraşuvlar fuqarolarning huquqiy bilimlarini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yaqinda loyiha koordinatorlari tumanning Yangiobod mahallasi hududidagi davlat taşkilotlari va muassasalarida bölib, aholi bilan bevosita muloqot qildilar. Tadbir davomida aholi ongida korruptsiya nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantiriş maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanuvçilarga bukletlar va boşqa tarqatma materiallar tarqatildi.
Loyiha koordinatorlari aholiga korruptsiyaning salbiy oqibatlari xususida atrofliça maʼlumot berib, pora oliş-beriş va unga vositaçilik qilişda iştirok etgan şaxslarga qonunçilikda közda tutilgan qatʼiy jazo çoralari haqida tuşunçalar berdilar. Agar fuqarolar tamagirlik va korruptsiya holatlariga duç kelsa, darhol vakolatli davlat organlariga murojaat qilişi lozimligi taʼkidlandi. Davlat xizmatlaridan foydalanuvçilarga mazkur vakolatli organlarning "Işonç telefon"lari hamda "Call-markazlari" yozilgan maxsus bukletlar tarqatildi.
Loyiha koordinatorlari faqat aholi bilan çeklanib qolmay, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatçilari bilan ham uçraşuvlar ötkazdilar. Ularga korruptsiyaga qarşi qonunçilikda közda tutilgan jazo çoralari va bu illatning salbiy ijtimoiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berildi. Şuningdek, ularga korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy qonunçilikdan köçirmalar tarqatilib, har bir davlat xizmatçisi öz faoliyatida halollik va şaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilişi lozimligi taʼkidlandi.
Tahririyat xodimlari “Biz korruptsiyaga qarşimiz!” nomli grant loyihasi doirasida joylarda ötkazayotgan bu kabi tadbirlar orqali jamiyatda nafaqat huquqiy ongni yuksaltiriş, balki şaxsiy masʼuliyat tuyğusini ham şakllantirişga hissa qöşişni maqsad qilganlar. Zero, korruptsiyaga qarşi kuraşiş faqat davlat organlarining vazifasi bölibgina qolmay, har bir şaxsning fuqarolik burçidir. Ana şu burç va masʼuliyatni yurtdoşlarimizga anglatiş esa loyihaning boş maqsadi sanaladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶