BOBUR NOMLI OFY "MAHALLA YeTTILIGI" – AHOLIGA ENG YaQIN KÖMAKDOŞ
Şahardagidan farqli ölaroq, qişloq hayotining öziga xos jihatlari bor: hamma bir-birini yaxşi taniydi, töy-u maʼraka, oilaviy marosimlar hamqişloqlar iştirokisiz ötmaydi. Qişloq ahli bir-birini qöllab-quvvatlab, bir-biridan örganib, bilmaganlarga örgatib yaşaşga odatlanişgan. Bobur nomli ovul Amudaryo tumanining aholisi ziç hududlaridan biri bölişiga qaramay, özaro mehr-oqibat tuyğulari ustunligidanmi, qişloqning u çeti bilan bu çekkasida istiqomat qiluvçi keksa-yu yoş xuddi yaqin qarindoşlar kabi ahil va inoq yaşaşadi.
Qişloqda 906 ta xonadon tarkibidagi 1285 ta oilada salkam 5 ming nafar aholi istiqomat qiladi.
BANDLIK VA TADBIRKORLIK SAMARASI
Ovul fuqarolar yiğinida faoliyat olib boruvçi “Mahalla yettiligi” aʼzolarining puxta öylangan reja asosidagi saʼy-harakatlari tufayli aholini iş bilan taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali xonadonlarda qöşimça daromad manbaini yaratiş, ayniqsa, yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş borasida samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Faqat 2025-yilning ötgan davri mobaynida 208 nafar norasmiy band bölgan fuqarolar özlari faoliyat körsatib kelayotgan yönalişlari böyiça özini-özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötkazilib, zarur şart-şaroitlar yaratib berildi.
87 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 1 mlrd 204 mln söm miqdorida imtiyozli kredit olişlarida va oilaviy tadbirkorlik faoliyatlarini yölga qöyişlarida amaliy yordam körsatildi. Natijada ularning barçasi çorvaçilik, parrandaçilik, xizmat körsatiş va işlab çiqariş yönalişlarida tadbirkorlik faoliyatlarini boşladilar.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida ötkazilgan xatlov asosida 6 nafar fuqaroga 550 mln sömlik garovsiz kredit mablağlari ajratilişida yordam körsatildi. Bu orqali 12 ta yangi iş örinlari yaratilib, şunça fuqaro doimiy daromad manbaiga ega böldilar.
2025-yil davomida ovuldagi 101 nafar işsiz fuqarolar mavsumiy va doimiy iş örinlariga joylaştirilib, bandligi taʼminlandi. 21 ta yangi tadbirkorlik subʼekti taşkil qilinib, savdo-sotiq, xizmat körsatiş, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari faoliyati yölga qöyildi.
Kasb-hunar örganiş va tadbirkorlik yönalişida öqiş istagida bölgan 11 nafar fuqaroga kömaklaşilib, ular ham öz oilalariga qöşimça daromad manbalarini yaratdilar.
NAMUNALI TADBIRKORLAR SAFI KENGAYMOQDA
Ovulda yaşovçi Xurşid Reyimov va uning turmuş örtoği Tursunoy Jumaboyevalar “Mahalla yettiligi”ning beğaraz yordami bilan öz tomorqa yerida ixçamgina issiqxona taşkil etib, köçat yetiştirişni yölga qöyişdi va oila uçun yetarli daromad manbaiga ega bölişdi.
Yaqindagina öz tadbirkorlik faoliyatini boşlagan Tursunboy Qulimbetov esa imtiyozli kredit mablaği hisobidan zamonaviy mebel işlab çiqariş faoliyatini yölga qöydi va öz yaqinlarini ham iş bilan taʼminladi.
Ovul fuqarolar yiğini jamğarmasi hisobidan aholiga yer maydonlarini öz vaqtida oqova suv bilan taʼminlaş uçun suğoriş asbob-uskunasi olib berilgani tomorqa yer egalarining yerdan unumli foydalanişlari uçun zamin yaratdi. Ovuldagi mohir tomorqaçi Bekimmat Safarboyev bu borada mahalladoşlariga namuna bölib, uning xonadoni obod, har bir qariç yeri serhosil, daromadga boy.
Nurpoşşa Yusupova esa imtiyozli kredit hisobiga savdo-sotiq yönalişida dökon taşkil etib, qişloq aholisining arzimagan xarid uçun tuman markaziga borib yurişiga ehtiyoj qoldirmadi. Tikuvçilik yönalişida faoliyat yuritayotgan Irodaxon Artiqova esa öz hunari orqali doimiy daromad manbaiga ega bölişdan taşqari, 6 nafar yoşlarga ham çevarlik sir-asrorlarini örgatmoqda.
Ovul hududida böş turgan yer maydonlarini maxsus tizim orqali elektron savdoga çiqariş orqali tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş çoralari ham körilmoqda. Birgina joriy yilning özida ikkita lot elektron savdolarga çiqarilişi natijasida auktsion ğoliblari mazkur yer maydonlarida köçma savdo va xizmat körsatiş obʼektlarini taşkil etib, hududda tadbirkorlar safi yanada kengayişiga öz hissalarini qöşdilar.
“Mahalla yettiligi”ning özaro hamkorlikda amalga oşirayotgan işlari tufayli Bobur nomli ovul markaziy guzari, köçalar va aholi xonadonlari kun sayin obodonlaşib, aholi turmuş farovonligi tobora yuksalib bormoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶