Farovon mahallasida yangi zamonaviy boğça binosi foydalanişga topşirildi
Amudaryo tumanining Farovon mahallasi ahli hayotida yana bir quvonçli voqea röy berdi — mahallada 90-öringa möljallangan 55-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotining yangi binosi tantanali ravişda foydalanişga topşirildi.
Mazkur taʼlim-tarbiya maskani binosi davlatimiz rahbarining maxsus qarori asosida, Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot taşkiloti iştirokida amalga oşirilayotgan yirik loyiha doirasida bunyod etildi. Quriliş işlari yuqori sifat bilan, zamonaviy talablarga töliq javob beradigan tarzda “Zamin quriliş trans servis” MÇJ tomonidan bajarildi.
Tantanali oçiliş marosimida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, tuman prokurori Bahram Maşaripov, tuman hokimi örinbosarlari, soha masʼullari, quruvçilar, taʼlim sohasi mutasaddilari hamda mahalla faollari iştirok etdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, mamlakatimizda maktabgaça taʼlim tizimini rivojlantiriş, farzandlarimizning taʼlim-tarbiya olişlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini taʼkidladi. Şuningdek, uşbu zamonaviy boğça binosining foydalanişga topşirilişi Farovon mahallasi ahli uçun katta quvonç va yoş avlod tarbiyasi yölida muhim vosita ekanini qayd etdi.
Tadbirda quruvçi taşkilot vakillari tomonidan boğça binosining ramziy kaliti tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratovga tantanali ravişda topşirildi. Yalğaş Şomuratov öz sözida mazkur loyihani hayotga tatbiq etişda kömak va eʼtibor körsatgan mutasaddi taşkilotlar hamda quruvçilarga öz minnatdorligini bildirdi.
Tadbir mobaynida tuman hokimligi tomonidan quruvçilarga minnatdorçilik tariqasida esdalik sovğalari topşirildi. Bu ularning fidokorona mehnatiga bölgan yuksak eʼtibor va hurmat ifodasi böldi. Şundan söng 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilari tomonidan tayyorlangan rang-barang raqslar va badiiy çiqişlar tadbirga yanada bayramona ruh bağişlab, mehmonlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi mahalla nuroniylari ramziy tasmani qirqib, yangi boğça binosi bilan tanişdilar. Otaxonlar ezgu niyatlar bilan duoga qöl oçib, bu bino bolajonlar uçun fayzli maskan, ilm-maʼrifat yölida ilhom manbai bölişini tiladilar.
Yangi taʼlim-tarbiya maskanida bolajonlar uçun barça zarur qulayliklar yaratilgan — yoruğ va şinam, keng xonalar, zamonaviy mebellar, öyin maydonçasi va öquv-tarbiyaviy jihozlar bilan taʼminlangan. Bu kabi boğça binolarining qurilişi yoş avlodning barkamol, bilimli, va yurt ravnaqiga hissa qöşadigan insonlar bölib voyaga yetişiga xizmat qiladi.
Amudaryo tumanida taʼlim infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, yoş avlod taʼlim-tarbiya olişlari uçun zamonaviy şaroitlar yaratiş yölida amalga oşirilayotgan bunday amaliy işlar – yurtimiz kelajagiga sarmoya, ertangi kunimizga işonçli poydevor bölib xizmat qilişi, şubhasiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶