12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:11
Fan va taʼlim 👁 499

"Jadidlar izidan" tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi

"Jadidlar izidan" tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi

Mamlakatimizda yoş avlod örtasida buyuk allomalar, adiblar va mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosini keng tarğib qiliş, ularning maʼnaviy dunyosini boyitiş maqsadida tizimli işlar olib borilmoqda. Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari va nodavlat taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida ötkazib kelinayotgan "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi ham ana şunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Mazkur tanlovning yangi mavsumi 2025-yilning oktyabr-dekabr oylarida, 6–8- va 9–10-sinf öquvçilari örtasida bölib ötişi belgilangan.

Tanlov jadidlarizidan.uz saytidan röyxatdan ötgan öquvçilar örtasida dastlab maktab bosqiçi, söngra tuman bosqiçi tarzida taşkil etildi. Har bir maktabdan 6–8-sinflar orasidan 1 nafar va 9–10-sinflar orasidan 1 nafar ğoliblar saralab olinib, tanlovning tuman bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi. Tanlovning Amudaryo tumani bosqiçi joriy yilning 17-oktyabr kuni yuqori saviyada ötkazildi. Unda maktab saralaş bosqiçidan ötgan jami 172 nafar öquvçi yoşlar qatnaşdi.

Oçiliş marosimida tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boş mutaxassisi Zafar Abdullayev öquvçi yoşlarni tanlov şartlari bilan taniştirdi. Tanlov Nizomiga köra iştirokçilar bilimlari 100 ballik tizimda baholandi. Saralaş jarayoni Ğulom Zafariy, Munavvar Qori Abduraşidxonov, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Töra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Çölpon, Mahmudxöja Behbudiy singari buyuk jadidlar hayoti va ijodiga oid ikkita şart asosida amalga oşirildi.

1-şart test savollaridan ibora bölib, har bir iştirokçi jadidlarning hayoti va ijodiga oid 25 ta test savoliga 25 daqiqa içida javob berdi. Eng yuqori ball töplaganlar keyingi şartga ötiş huquqini qölga kiritdi. 2-şart esa jadidlar hayoti va ijodiga bağişlanib, iştirokçilar jadidlar hayoti va ijodiga oid savollarga 5 daqiqa davomida öz fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Tanlov söngida hakamlar hayʼati tomonidan ğoliblar aniqlandi. 6–8-sinflar örtasida 1-örin 39-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Dilçehra Eşboyevaga nasib qildi. 2-örin 65-maktabning 6-sinf öquvçisi Ozoda Sultanovaga, 3-örin esa 17-sonli maktab öquvçisi Çarosxon Yangiboyeva hamda 82-sonli maktab öquvçisi Dilrabo Hayitboyevalarga nasib qildi.

9–10-sinflar öquvçilari örtasida ötkazilgan tanlov ğolibligi 13-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Sevinçoy Yöldaşevaga nasib qildi. 2-örinni 63-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Maʼrifat Gulmirzayeva hamda 3-örinni 76-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Madina Maqsudovalar egallaşdi. Har bir sinf toifasi böyiça eng yuqori ball töplagan 1 nafardan, jami 2 nafar iştirokçi tanlovning hududiy, yaʼni Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.

Aytiş joizki, jadidlar — xalqimiz maʼnaviyati, maʼrifatparvarlik ruhi va milliy uyğoniş tarixida beqiyos örin tutgan ziyolilardir. Ular ilmu maʼrifat, erkin fikr va zamonaviy taʼlim orqali millatni taraqqiyot sari yetaklaşni maqsad qilgan edilar. Bugungi kunda jadidlar hayoti va ijodini yoşlarga örgatiş orqali ularda Vatanga muhabbat, milliy ğurur va maʼnaviy bağrikenglik tuyğulari şakllanadi. Qolaversa, jadidlarning jasorati va fidoyiligi yoşlarga ibrat bölib, ularni bilimli, faol va vatanparvar avlod bölib yetişişga ilhomlantiradi.

Jadidlar taʼlim va madaniyat orqali xalqni taraqqiyot yöliga olib çiqişga harakat qilgan bölsalar, bugungi yoşlar ularning orzu va ğoyalarini davom ettirişlari zarur. Şu bois jadidlar merosini çuqur örganiş — bu nafaqat tarixiy burç, balki kelajak uçun maʼnaviy sarmoyadir.

Tanlovning har bir sinf toifasi böyiça birinçi örinni egallagan ğoliblari endilikda tuman şarafini respublika miqyosidagi navbatdagi bosqiçda himoya qiladilar. Ğoliblarga keyingi bosqiçda omad va zafarlar tilaymiz.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026