AHOLI VA QIŞLOQ XÖJALIGINI RÖYXATGA OLIŞGA TAYYoRGARLIK KÖRIŞ BÖYIÇA SEMINAR ÖTKAZILDI
Joriy yilning 19-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirini ötkaziş töğrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur farmonga köra Özbekistonda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgaça aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi. Bu jarayon mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini strategik rejalaştirişda muhim ahamiyatga ega.
Röyxatga oliş orqali respublikamizda 38 million aholining yoşi, oilaviy holati, taʼlim darajasi, migratsiya jarayonlari, iş bilan bandligi va daromad manbalari haqida yagona maʼlumotlar bazasi şakllanadi. Şu bilan birga, qişloq xöjaligida yerdan foydalaniş, çorvaçilik körsatkiçlari aniqlanadi.
Tadbir ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Avvalgi 17 kun davomida fuqarolar maxsus portal orqali onlayn röyxatdan ötişlari mumkin. Keyingi bosqiçda esa “Mahalla yettiligi” va boşqa faollar uyma-uy yurib, maʼlumot töplaydilar. Hozirda joylarda mazkur jarayonga tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Mahallalarda, korxona va taşkilotlarda hamda taʼlim muassasalarida aholiga röyxatga olişning mazmun-mohiyati va maqsadlari haqida tuşuntirişlar berilmoqda.
Joriy yilning 22-oktyabr sanasida Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Prezidentimizning yuqoridagi Farmoni va Hukumat qarori ijrosini taʼminlaşga bağişlangan seminar bölib ötdi. Seminarda tumandagi fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari rahbarlari, mutasaddi taşkilotlarning masʼul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Seminarda asosiy eʼtibor Amudaryo tumanining demografik holatini belgilaş, aholining yoşi, oilaviy holati, taʼlim darajasi, migratsiya jarayonlari, iş bilan bandlik darajalari hamda daromad manbalari haqidagi yagona va yaxlit maʼlumotlar bazasini şakllantiriş, tuman qişloq xöjaligi sohasida yerdan unumli foydalaniş va çorvaçilik yönalişidagi asosiy körsatkiçlarni aniqlaş hamda yagona tizimga oliş masalalariga qaratildi.
Seminarda röyxatga oliş tadbirini ötkazişga tayyorgarlik köriş, aholining barça qatlamlari orasida, korxona va taşkilotlarda, şuningdek, taʼlim-tarbiya muassasalarida röyxatga oliş işlarining mazmun-mohiyati, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, röyxatga olişdan közlangan asosiy maqsadlar haqida keng tuşuntirişlar olib boriş zarurligi qayd etildi.
Taʼkidlanganidek, röyxatga oliş jarayonida yiğilgan maʼlumotlar tuman hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş orqali yangi iş örinlarini yaratiş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, daromadi past oilalarni izçil qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy yordam körsatiş böyiça kelajakda işlab çiqiladigan dasturlar va rejalar uçun asosiy manba bölib xizmat qiladi. Şu bilan birga tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş, pirovardida kambağallikka keskin barham beriş imkonini yaratadi.
Bundan taşqari, aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari milliy barqaror rivojlaniş maqsadlarini baholaş, xalqaro reytinglarda mamlakatimizning örnini yuksaltiriş, xorijiy investorlarni jalb qiliş va turizm salohiyatini oşirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Seminarda “Mahalla yettiligi”aʼzolari va tegişli mutasaddilarga röyxatga oliş jarayonida eʼtibor qaratiş lozim bölgan muhim jihatlar haqida maʼlumotlar berildi. Iştirokçilarning bergan savollariga taşkilotçilar batafsil javob berdilar. Seminar söngida fuqarolar yiğinlari vakillariga joylarda aholi bilan uçraşuvlar ötkazib, röyxatga oliş jarayoni haqida batafsil tuşuntirişlar beriş vazifasi topşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶