14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:19
Jamiyat 👁 399

TUMAN PROKURATURASI TOMONIDAN IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARINING KUZ-QISh MAVSUMIGA TAYYoRGARLIK HOLATI OʻRGANILMOQDA

TUMAN PROKURATURASI TOMONIDAN IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARINING KUZ-QISh MAVSUMIGA TAYYoRGARLIK HOLATI OʻRGANILMOQDA

Ayni kunlarda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida kuz-qish isitish mavsumiga taraddud koʻrish, mavsumni talofatlarsiz oʻtkazish, idora va tashkilotlar, ayniqsa, ijtimoiy soha obʼektlaridagi isitish tizimlarining yaroqlilik holatini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlar Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan. Taʼlim-tarbiya va tibbiyot muassasalarida amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari jarayonida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda. Shu bilan birga mazkur muassasalarni qattiq yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlashdagi muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilmoqda.

Joriy yilning 22-oktyabr sanasida Amudaryo tuman prokurori Bahrom Masharipov rahbarligida tuman Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi oilaviy poliklinikalar, markaziy kasalxona boʻlimlari, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati boʻyicha nazorat ishlari olib borildi.

Nazorat tadbirlari jarayonida sogʻliqni saqlash tizimi obʼektlarida isitish tizimlari, elektr va tabiiy gaz tarmoqlarida uzilishlar hamda nosozliklar sodir boʻlmasligi choralari koʻrilganligi, shuningdek, kuz-qish mavsumida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur imkoniyatlarning mavjudligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Nazorat tadbirlari davomida Tibbiyot birlashmasi binolarining texnik taʼmirlanishi bilan bogʻliq holatlar ham oʻrganildi. Xususan, isitish qozonlarining yuqori darajadagi haroratga chidamliligi, binolar ichkarisidagi isitish tizimlari sifati, elektr energiyasi tarmoqlarining belgilangan yuklamaga mos oʻrnatilganligi, tibbiy xodimlar oʻz kasbiy faoliyatini olib borishlari uchun zamonaviy talablar asosida sharoitlar yaratilganligi ham tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha birlashma masʼullariga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tuman prokurori Bahrom Masharipov rahbarligidagi nazorat guruhi aʼzolari Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 5-sonli Kuyuk koʻpir oilaviy poliklinikasida amalga oshirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Mazkur oilaviy poliklinika binosi qattiq yoqilgʻi — koʻmir mahsuloti bilan isitiladi. Shu bois, muassasa rahbariyati tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik sovuq va izgʻirinli kunlar boshlanmasidan avval sifatli koʻmir mahsulotini gʻamlashdan boshlanadi. Oʻrganishlar jarayonida 2025-2026-yilgi isitish mavsumi uchun gʻamlangan koʻmir mahsulotining sifati hamda isitish qozonlarining yuqori haroratga chidamliligi, qozonxona moʻrilarining shayligi holati koʻzdan kechirildi. Shu bilan birga, gʻamlab qoʻyilgan koʻmir mahsuloti tarkibidagi koʻmir kukuni miqdori meʼyordagidan koʻproq ekanligiga eʼtibor qaratilib, ijtimoiy soha obʼektlariga koʻmir yetkazib beruvchi taʼminotchi tashkilotlarga bu borada tegishli taqdimnomalar kiritilishi maʼlum qilindi.

Hademay sovuq va izgʻirinli kunlar boshlanadi. Kuz-qish mavsumini xavf-xatardan xoli, talofatlarsiz oʻtkazish, ayniqsa, sogʻliqni saqlash tizimi tasarrufidagi binolarning isitish tizimlarini yuz foiz mavsumga shay holatga keltirish soha masʼullarining bugungi kundagi eng dolzarb vazifasidir. Ayni paytda tuman prokurori Bahrom Masharipov rahbarligida ijtimoiy soha obʼektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati boʻyicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019