FERMERNING EZGU NIYaTLARI
Amudaryolik Davron Allaniyazov bundan roppa-rosa 10-yil avval fermer xöjaligini taşkil etiş uçun harakat boşlaganida, köpçilik uning xöjaligi uçun ajratilgan yer maydonining şaroitlaridan kelib çiqib: "Bu yerlarda dehqonçilik qiliş oson emas, şaroiti oğir yerlar, köp mehnat talab qiladi", qabilida fikr bildirişgan edi. Haqiqatan ham, tumanning suv eng kamçil böladigan, irrigatsiya tarmoqlari jiddiy taʼmirga muhtoj hududlaridan biri hisoblangan Amir Temur nomli qişloq yerlarida suğoriş işlarini köngildagiday taşkil etiş oson emasdi.
Şunday bölsa-da, Davron Allaniyazov öz ahdidan qaytmadi, butun vujudi bilan oldiga qöygan maqsadlarini amalga oşirişga kirişdi. Işni eng avvalo öz xöjaligi uçun ajratilgan yer maydonlarining meliorativ holatini yaxşilaş, suv yöllarini tozalaş va qayta taʼmirlaşdan boşladi. Dastlabki yili hosildorligi past deb hisoblangan yerlarda almaşlab ekişni yölga qöydi, mahalliy öğit bilan boyitiş çoralarini kördi. Ayniqsa, kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli olib borişga jiddiy eʼtibor qaratdi. Natija esa kutilganidan ziyoda böldi. "Allaniyaz Nurjon" fermer xöjaligi qisqa fursat içida nafaqat Amir Temur ovulidagi, balki tuman miqyosidagi ilğor xöjaliklar safidan joy oldi.
Bugungi kunda "Allaniyaz Nurjon" fermer xöjaligi yerlari hududdagi eng hosildor yerlar hisoblanadi. Joriy dehqonçilik yilida 34 gektar yerga çigit ekkan xöjalik dehqonlari uçun kuzgi yiğim-terim mavsumi har qaçongidan ham barakali böldi. Hosildorlik har gektar hisobiga 44 tsentnerni taşkil etdi. 150 tonnalik paxta xirmoni bunyod etilib, şartnomaviy reja oşirib ado etildi.
Albatta, har qanday yutuqning zamirida yil böyi qilingan fidoyi mehnat, qolaversa, yuqori saviyada taşkil etilgan namunali şaroit bilan birga işçilarning moddiy manfaatdorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xöjalikda yiğim-terim mavsumini muvaffaqiyatli ötkaziş maqsadida terimçilar, köngilli haşarçilar uçun dala boşida issiq ovqat taşkil etilib, işçilarning mehnat haqlari şu kunning özida, tarozi boşida hisob-kitob qilib borilgani terim surʼatini oşiriş imkonini berdi.
Ilğor terimçilardan Roza Kamolova, Dilnoza Dösçonova, Muqaddas Vafoyeva, Gulnora Jabborberganova, Oltinoy Otajonova, Muyassar Ibragimova, Safarjon Rahimova, Amina Utamova, Umida Xudoynazarovalar kuniga 120-150 kilogrammdan paxta terib, xöjalikning umumiy xirmoniga munosib hissa qöşdilar. Fermer xöjaligining şartnomaviy rejasini oşirib ado etgani munosabati bilan xöjalik rahbari Davron Allaniyazov yiğim-terim işlarida faol iştirok etgan işçilar va köngilli haşarçilarga minnatdorlik bildirib, qimmatbaho sovğalar bilan taqdirladi.
Ayni paytda eʼtibor va rağbatdan ruhlangan terimçilar dalalardagi hosilni sönggi misqoligaça yiğib-terib oliş maqsadida yanada uyuşqoqlik va hamjihatlik bilan mehnat qilişmoqda.
Fermer xöjaligi rahbari Davron Allaniyazov. Rejadan taşqari yana 25 tonna paxta topşiriş va umumiy xirmonni 175 tonnaga, hosildorlikni esa gektaridan 50 tsentnerga yetkazişni niyat qilgan. Fermer xöjaligining joriy yilgi paxtadan oladigan daromadi 750 mln sömni, sof foyda esa 350 mln sömdan ortiqroqni taşkil etişi kutilmoqda.
Fermerning kelgusidagi rejalari ham şunga yaraşa, yaʼni xöjalik yerlarining hosildorligini oşiriş, işçilarga munosib mehnat şaroitlarini yaratiş, dala yöllari va yöl böylarini obodonlaştiriş, manzarali va mevali daraxt köçatlarini ötqaziş, dala çetlaridan unumli foydalaniş orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga munosib hissa qöşiş, şu bilan birga xöjalik tasarrufidagi texnikalar hamda agregatlarni zamon talablari darajasida yangilaş niyatida.
Ezgu niyatlar — xalq manfaati yölidagi jamiki yaxşi işlarga rağbat, deydilar. Biz Amir Temurlik fermer Davron Allaniyazovning ezgu niyatlari röyobga çiqişiga çin dildan tilakdoşmiz.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶