28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:01
Jamiyat 👁 523

Yoshlar tashkilotida mehnat qilgan faxriylar uchrashdi

Yoshlar tashkilotida mehnat qilgan faxriylar uchrashdi

Har qanday jamiyatning ertangi kuni, uning taqdiri va taraqqiyoti bevosita yosh avlodning qanday tarbiya topishi bilan chambarchas bogʻliq. Aynan shu sababli, barcha davrlarda ham navqiron avlodni jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk, bilimli va faol fuqaro sifatida kamol toptirish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelgan. Bu muhim vazifa nafaqat davlatning, balki oiladan tortib fuqarolik jamiyatining barcha institutlari oldiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Oʻzbekistonning yaqin tarixiga nazar tashlar ekanmiz, yoshlar bilan ishlash tashkiloti turli nom va tuzilmalar ostida, ammo yagona maqsad yoʻlida faoliyat yuritganiga guvoh boʻlamiz. Sobiq ittifoq davridagi "Komsomol" qoʻmitasidan tortib, mustaqillikning dastlabki yillarida, yaʼni 1991-1996-yillarda faoliyat yuritgan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqigacha, keyinchalik 1996-yilda tashkil etilib, 2001-yilda Yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgan "Kamolot" tashkiloti ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilib kelgan.

Vaqt oʻtishi bilan zamon talablari oʻzgardi. 2017-yilda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilib, yoshlarni yanada kengroq qamrab olish maqsadida tizim tubdan isloh qilindi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Keyinchalik bu yoʻnalishdagi ishlar yanada takomillashib, tashkilot Yoshlar ishlari agentligi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Nomi va tuzilishi qanday boʻlmasin, bu tashkilotlarning asl maqsadi oʻzgarmadi: ularning zimmasiga yoshlarni bilimli, xalqaro maydonda raqobatbardosh, oʻz pozitsiyasiga ega, kattalarga hurmat va kichiklarga gʻamxoʻrlik ruhida tarbiyalash, oʻzbek madaniyati va anʼanalarini eʼzozlaydigan maʼnaviyatli avlodni voyaga yetkazish vazifasi yuklandi.

Albatta, har qanday tashkilotning muvaffaqiyati, avvalo, unda faoliyat yuritgan fidoyi insonlarga bogʻliq. Amudaryo tumanida ham ana shunday, umrining eng qaynoq va sergʻayrat damlarini yoshlar tashkiloti saflarida oʻtkazgan, ularning hayotini mazmunli qilishga hissa qoʻshgan, bugun esa keksalik gashtini surayotgan faxriylar koʻpchilikni tashkil etadi.

Yaqinda ushbu faxriylar Mangʻit shahrida jam boʻlib, unutilmas diydorlashuv tadbirini oʻtkazdilar. Ular orasida turli yillarda masʼul lavozimlarda ishlagan Ozod Tojimurodov, Gulasal Oʻrozimbetova, Gulchehra Otaboyeva, Sayyora Matkarimova, Farhod Matkarimov kabi oʻnlab faxriylar, oʻz sohasining fidoyilari bor.

Tadbirda uzoq yillar yoshlar tashkilotida va davlat idoralarida ishlagan mehnat faxriylari Rustam Roʻzmetov, Xonimjon Rajabova va boshqa faxriylar barchani diydor onlari bilan qutlab, eng ezgu tilaklarni izhor qildi. Shundan soʻng faxriylar oʻzlari bilan bir tashkilotda, yagona maslak yoʻlida, bir safda turib mehnat qilgan, bugun esa olamdan oʻtgan ustozlar va doʻstlar xotirasini yodga olib Qurʼon tilovat qildilar.

Doʻstlar diydorida bir-birini sogʻingan nigohlar soʻzladi, koʻngillar koʻngillardan quvvat oldi. Hayotning eng qaynoq, sermashaqqat, ammo sharafli damlari – ayni kuch-gʻayratga toʻlgan paytida amalga oshirgan ezgu ishlarini, oʻtkazgan tadbirlari va erishgan yutuqlarini faxr bilan yodga oldilar. Olis oʻtmishning sermazmun yillari yana bir bor faxriylar koʻz oʻngida jonlandi.

Umr oʻtkinchi, biroq shu oʻtgan davr mobaynida el-yurt manfaati, ayniqsa, kelajak avlod kamoloti uchun xizmat qilish, ortdan yaxshi nom va yorugʻ xotiralar qoldirish – haqiqiy baxtdir. Mazkur diydorlashuv ishtirokchilari aynan shunday baxtga musharraf boʻlgan, bir-birini yoʻqlab, sogʻinib yashaydigan insonlardir. Ularga uzoq umr va tilagan holda hamisha farzandlaringizning, shogirdlaringizning baxtu kamolini koʻring, deya tilak bildiramiz.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026