28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:34
Iqtisodiyot 👁 1,588

Amudaryoda iqtisodiy taraqqiyot va shaffoflik sari dadil qadam

Amudaryoda iqtisodiy taraqqiyot va shaffoflik sari dadil qadam

Bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida iqtisodiyotning barqaror oʻsishini taʼminlash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va sohada shaffoflikni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Amudaryo tumanida ham mazkur yoʻnalishda izchil ishlar olib borilmoqda.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlash hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish chora-tadbirlarining tanqidiy muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qoʻmitasi raisi Islam Sdiqov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, tijorat banklari vakillari, shuningdek hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda tumanning iqtisodiy koʻrsatkichlari, sarmoya jalb etish holati, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, soliqqa tortish tizimidagi shaffoflik masalalari keng tahlil qilindi.

Islam Sdiqov yigʻilishda soʻzga chiqib, yashirin iqtisodiyotning milliy iqtisodiy taraqqiyotga salbiy taʼsiri, uni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etish zarurati haqida soʻz yuritdi. U shuningdek, joylarda bu boradagi ishlarni tizimli ravishda kuchaytirish, har bir rahbar masalaga masʼuliyat bilan yondashishi lozimligini taʼkidladi.

Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va maʼmuriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish borasida samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bu borada muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tumanda yashirin iqtisodiyotni aniqlash va oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar haqida batafsil toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni taʼminlash, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash orqali norasmiy faoliyatni qonuniylashtirish boʻyicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda.

Muhokama jarayonida soha rahbarlari tomonidan oʻz tarmoqlari boʻyicha muammolar bayon qilinib, ularni hal qilish yuzasidan takliflar bildirildi. Har bir masʼulga natijadorlik, tahliliy yondashuv va aniq rejalarga ega boʻlish talabi qoʻyildi.

Yigʻilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiy islohotlarning amaliy samarasini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan topshiriq va tavsiyalar belgilab olindi.

Amudaryo tumanida iqtisodiy taraqqiyot va shaffoflik sari dadil qadamlar tashlanmoqda. Zero, bugun amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi kunning barqaror iqtisodiy poydevorini yaratish, halol mehnat va qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026