28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:00
Siyosat 👁 892

Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan seminar tashkil etildi

Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan seminar tashkil etildi

Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va davlat boshqaruvida xalq vakilligini kuchaytirish borasidagi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, avvalambor, Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirish, mahalliy Kengashlarning mustaqilligini oshirish, ijro hokimiyati organlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish va “xalqchil davlat” tamoyilini amalda roʻyobga chiqarishni oʻz ichiga oladi. Ayniqsa, joylarda mahalliy ijro organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan aniq mexanizmlar joriy etilmoqda.

Ayni shu maqsadda, 5-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida “Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etish” mavzusida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan oʻtkazildi. Seminarning asosiy maqsadi Senat Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashga qaratildi. Mazkur qaror asosida Nukus shahar Kengashining faoliyati tasdiqlangan meʼyorlar asosida toʻliq yoʻlga qoʻyilgan. Endilikda Nukus shahar Kengashining tajribasini hududdagi boshqa mahalliy Kengashlarga ham tatbiq etish va mahalliy vakillik organlari faoliyatini yanada jonlantirish koʻzda tutilmoqda.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi Sharapat Otemisov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Amudaryo tumanidan saylangan deputatlar, tuman Kengashi deputatlari, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” aʼzolari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda asosiy eʼtibor “Xalq deputatlari mahalliy Kengashining doimiy komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi masalaga qaratildi. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy komissiyalarning yillik ish rejalarini aniq muammolar va aholi murojaatlari asosida shakllantirishni, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan qatʼiy deputatlik nazoratini oʻrnatishni hamda ijro hokimiyati idoralari rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borishni taqozo etadi. Samarali faoliyat – bu qogʻozdagi hisobotlar emas, balki joylardagi real ijobiy oʻzgarishlar demakdir.

Mazkur masala yuzasidan Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Madamin Kazakov, Korruptsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Yaxshimurat Ahmedovlar soʻzga chiqib, doimiy komissiyalarningfaoliyati haqida maʼlumotlar berdilar hamda uni kelgusida yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon qildilar.

Deputatlar tomonidan Kengashning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi, xalq vakillarining aholining muammolarini hal etishdagi oʻrni, shuningdek, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, deputatlarning mahalliy byudjetni tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilishdagi rolini kuchaytirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlarning ijrosini nazorat qilish, sayyor qabullar orqali aholi bilan bevosita muloqotni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi. Kengash sessiyalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirga uzatish, qabul qilingan qarorlarni ochiq eʼlon qilish va jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish amaliyotini kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar mahalliy Kengash faoliyatining namunaviy modeli, deputatlarning tashabbuslari hamda ularning joylardagi aholi bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Aynan shu mexanizmlar orqali deputatlik korpusi aholining hayotiy muammolariga tezkor yechim topishda koʻprik vazifasini bajarishi lozimligi qayd qilindi.

Mazkur seminar mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar tashabbuskorligini oshirish va ularning jamiyat hayotidagi rolini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa kuchli va xalqchil vakillik organini shakllantirish orqali hududlarni rivojlantirish strategiyasini izchil amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026