Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati aholiga yetkazildi
Amudaryo tumanida Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan Prezident qarorlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş maqsadida tarğibot uçraşuvi bölib ötdi.
Tadbir Amudaryo tumani Madaniyat bölimida taşkil etilib, unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari “Mahalla yettiligi” aʼzolari, nuroniylar, köça boşçilari, faol yoşlar, xotin-qizlar faollari, fermer xöjaliklari rahbarlari hamda tumandagi barça taşkilot va muassasa rahbarlari iştirok etdilar.
Uçraşuvda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaqinda imzolangan Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga doir 322-, 332-, 333-, va 334-sonli qarorlarning mazmuni, ular orqali yaratilayotgan yangi imkoniyatlari, mahalliy darajada amalga oşiriladigan çora-tadbirlar atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirni tuman hokimi Sobir Xöjametov oçib berdi. Tuman hokimi öz sözida muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oşirilayotgan Qoraqalpoğistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yölidagi tub islohotlar respublika aholisining farovonligini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş, infratuzilmani yaxşilaş hamda yoşlar uçun zamonaviy imkoniyatlar eşigini oçişda muhim qadam bölayotganini alohida taʼkidladi. Tuman hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov har bir qaror mazmun-mohiyatiga alohida töxtaldi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabr kungi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 322-sonli qarori Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, göşt, sut, tuxum, baliq, ösimlik yoği va kartoşka bilan kafolatli taʼminlaş, çorvaçilik xöjaliklarining ozuqa bazasini tubdan yaxşilaş, ularning faoliyatini kengaytiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş va narxlar barqarorligini saqlaş kabi ustuvor maqsadlarga xizmat qilişi xususida söz yuritildi.
Şuningdek, mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxşilaş, yangi işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş va aholi bandligini oşirişda Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 3-noyabrida qabul qilingan “Qoraqalpoğiston Respublikasida tuzni qayta işlaşni rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi 333-sonli qaror muhim ahamiyatga ega.
Qaror asosida “Kungrad Solt Free Zone” nomli sanoat zonasi taşkil etiladi. Dastlab 50 gektar yerda loyihalar amalga oşiriladi va keyin zaruratga qarab hudud 200 gektargaça kengaytirilişi mumkin. Bu yerda kamida 50 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya jalb etiladi, keyinçalik 200 milliongaça miqdorda investitsiya kiritiş rejalaştirilgan. Investorlar uçun yer maydonlari, soliq va bojxona imtiyozlari beriladi. “Yagona darça” tartibi orqali ruxsatnomalarni oliş soddalaştiriladi.
Qolaversa, 2025-yil 3-noyabr kuni imzolangan 332-sonli Prezident qarori orqali Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumanida katta loyiha boşlanadi. Bu loyiha yordamida yoşlar uçun yangi iş örinlari yaratiş, ularning bilim va könikmalarini oşiriş, yoşlarga katta imkoniyat eşiklari oçiş maqsad qilingan. Xöjayli tumanining Somonköl mahallasi hududida 152 gektar yerni egallagan “Yoşlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” qurilişiga start beriladi. Markazga 2026-2030-yillarda investor tomonidan 400 mln. dollar investitsiya kiritiş orqali markaz xududiga IT universiteti, startaplar texnoparki va ularni qöllab-quvatlaş innovatsion guruhlar, loyiha ofislari, uy-joylar, ijtimoiy soha hamda madaniy-maʼrifiy obʼektlar, yoşlar bandligini taʼminlaşga qaratilgan işlab çiqariş korxonalari faoliyati yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, 3-noyabr kuni imzolangan yani bir muhim qaror “Qoraqalpoğiston Respublikasida xöjaliklarning oziq-ovqat bazasini mustahkamlaş va qişloq xöjaligidagi mavjud resurslardan samarali foydalaniş çoralari töğrisida”gi 334-sonli qarori bilan xöjaliklarga bir qator imkoniyatlar va imtiyozlar berildi. Xususan, hududdagi texnika va agregatlar sonini 2 baravar oşiriş orqali xöjaliklarning yem-xaşak bazasini mustahkamlaş vazifasi belgilab berildi.
Tadbir yakunida mazkur Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oşiriş, ularni hayotga tatbiq etişda mahallalar, jamoatçilik va masʼul taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş böyiça fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
Bunday yiğilişlar aholining davlat siyosati mazmunini hamda amalga oşirilayotgan islohotlarning mohiyatini çuqur anglab yetişiga xizmat qiladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶