28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:34
Siyosat 👁 820

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 15-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 15-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 25-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisining oʻrinbosari – 3-Doʻstlik saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov olib bordi. Sessiya kotibligiga “18-Zahiriddin Muhammad Bobur” saylov okrugidan deputat Gulbahor Raimova saylandi.

Sessiya majlisi kun tartibidagi “Mahalliy byudjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish hamda tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Amudaryo tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Tuman hokimining birinchi oʻrinbosarining mablagʻ ajratish taklifi toʻgʻrisida”gi hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi masalalar yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Jahongir Yoʻldashov hisobotlarni oʻqib eshittirdi.

Hisobotlarda keltirilishicha, 2025-yil 9 oyi davomida Amudaryo tumani mahalliy byudjetning daromadlar rejasi jami 92 mlrd 381,3 mln soʻm qilib belgilangan boʻlib, ushbu reja jami 96 mlrd 637,8 mln soʻmga yaʼni 4 mlrd 256,3 mln soʻmga, yoki 104,6 foizga ortigʻi bilan bajarilgan. Tuman mahalliy byudjetidan hisobot davri davomida jami 131 mlrd 971,2 mln soʻmlik mablagʻlar sarflangan.

Shuningdek, 2026-yil uchun Amudaryo tumani mahalliy byudjetning daromadlari 151 mlrd 502,7 mln soʻm, mahalliy byudjeti xarajatlari esa 151 mlrd 502,7 mln soʻm miqdorida prognoz qilinmoqda.

Shu bilan birga hisobotlarda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasidan “Gurlan” shohkoʻchasini ijtimoiy koʻchaga aylantirish maqsadida, yaʼni piyodalar yoʻlakchasini taʼmirlash uchun 1 mlrd soʻm va ijtimoiy xodimlar faoliyati uchun zarur boʻlgan inventarlar xarid qilish uchun 490 mln soʻm mablagʻ ajratish taklifi ilgari surildi.

Shundan keyin Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi rahbarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi rahbari Alisher Yuldashev oʻz hisobotida keltirilishicha, joriy yilning mart oyida Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi va fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorligida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida jami 120 mingdan ortiq koʻchat ekilgan. Uyushma tomonidan "Qipchoq oʻrmon xoʻjaligi"dan shartnoma asosida 86 mln soʻm mablagʻ evaziga 15 ming koʻchat sotib olingan.

Fuqarolar yigʻini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 119 mln soʻmlik 24 ta kompyuter texnikasi, 63 mln soʻmlik 21 ta printer, 240 mln soʻmlik 38 ta konditsioner berilgan. Barcha mahallalar binolarining kadastr hujjatlari ishlanib, buning uchun 93 mln soʻm sarflangan. Shuningdek, joriy yilning 9 oyi davomida mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 298 nafar fuqarolar uchun jami 481 mln soʻmlik moddiy yordam koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinlariga mebel jihozlari xarid qilish uchun 111 mln soʻm sarflangan.

Shuningdek, “Qangli” ovul fuqarolar yigʻini binosini 21 mln soʻm mablagʻ evaziga joriy taʼmirlash ishlari olib borilgan. 2025-yilda tumanimiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha har bir mahallani, har bir koʻchani "xavfsiz hudud"ga aylantirish maqsadida 14 mahallaga 29 ta kuzatuv kameralari qoʻyilgan. Mazkur tadbirga 334 mln soʻm mablagʻ sarflangan.

Sessiya majlisi kun tartibidagi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati boshqaruvi organlarining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunining tumandagi ijrosi haqida tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari, tuman hokimining matbuot kotibi Charos Arslonova axborot berdi.

Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati 2019-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirga qadar tumanda ochiqlik siyosatini amalda taʼminlash, jamoatchilikni oʻz vaqtida, ishonchli va haqqoniy axborot bilan taʼminlash yoʻnalishida tizimli ishlar amalga oshirilgan.

Axborot xizmati tomonidan foto, matnli va video kontentlarning doimiy      ravishda tayyorlanishi natijasida tuman hokimligining rasmiy axborot manbalariga qiziqish ortib bormoqda. Rasmiy platformalarga kunlik, haftalik va oylik yangiliklar, ijtimoiy, iqtisodiy, infratuzilma va islohotlarga oid videoroliklar, fotoreportajlar, analitik maʼlumotlar muntazam joylab boriladi. Joriy yilning shu davriga qadar tasdiqlangan media reja asosida 67 ta media tadbirlar oʻtkazilgan. Mahalliy va respublika miqyosidagi ommaviy axborot vositalari bilan muntazam hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, respublika ommaviy axborot vositalarida, saytlarda 60-martadan ortiq chiqishlar taʼminlangan. 150 tadan ortiq videoroliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarga joylangan. Ular orasida qurilish-obodonlashtirish jarayonlari, sayyor qabullar, uchrashuvlar, jamoatchilik fikri, mahallalardagi islohotlar, tadbirlar yoritilgan. Prezidentning tegishli farmonlari talablari asosida veb-saytning ochiqlik boʻlimlari har chorakda yangilanib borilmoqda.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar hisobot va axborotlar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 15-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026