28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:00
Siyosat 👁 842

NUKUS HARBIY PROKURORI TOMONIDAN AMUDARYo TUMANIDA OMMAVIY SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

NUKUS HARBIY PROKURORI TOMONIDAN AMUDARYo TUMANIDA OMMAVIY SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Aholi hayotiga doir muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotda boʻlish orqali ularni qiynab kelayotgan iqtisodiy, huquqiy masalalarga yechim topish maqsadida Nukus harbiy prokurori tomonidan Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimiga qarashli madaniyat markazi binosida ommaviy sayyor qabul va boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi.

Tadbirga tegishli soha vakillari va malakali mutaxassislar jalb qilinib, Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimlarida oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, isteʼfodagi harbiy pensionerlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan yigitlar hamda yoshlarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul jarayonida ishtirokchilardan turli mazmundagi murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning asosiy qismi uy-joyga subsidiya olish, harbiy xizmat vazifasini oʻtayotgan zobitlar va harbiy xizmatchilar, isteʼfoga chiqqan sobiq harbiy pensionerlarning shartnoma asosida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt toʻlovini toʻlash, harbiylarning oilalarini uy-joy bilan taʼminlash masalalarida boʻldi. Shuningdek, ishtirokchilar masʼullarga sud-huquq sohasiga doir masalalar va mulkiy munosabatlar yuzasidan ham murojaat qildilar.

Har bir murojaat masʼullar tomonidan sinchiklab oʻrganib chiqildi. Jumladan, 6 ta murojaat sayyor qabul jarayonida joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, 7 ta murojaat tahliliy oʻrganilgandan soʻng mutaxassislar tomonidan murojaat qiluvchilarga zarur huquqiy tushuntirishlar olib borildi. 4 ta murojaat esa harbiy prokuratura tomonidan alohida roʻyxatga olinib, tegishli tashkilotlar, jumladan tuman Soliq inspektsiyasi, Aholi bandligiga koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, “Mikrokreditbank”ning tuman boʻlimi hamda tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi kabi tashkilotlarning masʼullarini jalb qilgan holda koʻrib chiqiladigan boʻldi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, turli toifadagi soliq imtiyozlari, mulkiy munosabatlarni tartibga solish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, alohida toifadagi fuqarolar uchun ijtimoiy, tibbiy xizmat boʻyicha imtiyozlar berish xususidagi savollarga masʼullar atroflicha javoblar va huquqiy maslahatlar berdilar. 6 nafar fuqaroga esa sayyor qabul jarayonida harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Sayyor qabuldan soʻng, oliy taʼlim muassasalarini bitirgan va Qurolli Kuchlar saflarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan sobiq askarlar, mehnat muhojirligidan qaytib kelib, ish izlovchi sifatida Bandlikka koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimida roʻyxatdan oʻtgan ish izlovchilar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi ham tashkil etildi.

Yarmarkada Amudaryo tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi xodimlari tomonidan aholini ish bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mehnat qonunchiligidagi oʻzgarishlar, oliy taʼlim muassasalari hamda texnikumlarni bitiruvchilar uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan zarur maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, xorijiy davlatlar tomonidan taklif qilinayotgan ish oʻrinlari, ularning turlari boʻyicha ham ishtirokchilarga maʼlumotlar berilib, shartnoma asosida xorij davlatiga chiqib ishlashning oʻziga xos jihatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Ishtirokchilar tumanda faoliyat olib boruvchi korxona, tashkilotlar hamda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan taklif etilayotgan boʻsh ish oʻrinlari bilan yaqindan tanishib, mehnat qonunchiligidagi yangiliklar va oʻzgarishlar yuzasidan zarur maʼlumotlar oldilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026