28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:22
Fan va taʼlim 👁 333

"MARTABANG BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!" ShIORI OSTIDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMI OʻTKAZILDI

"MARTABANG BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!" ShIORI OSTIDA QORAQALPOQ TILI BAYRAMI OʻTKAZILDI

Til — millatning koʻrki, milliy-maʼnaviy hayotining koʻzgusi. Ona tilini qadrlagan millatning dunyo miqyosidagi nufuzi ham, oʻrni ham baland boʻladi. Asrlar davomida xalq zakosi, betakror urf-odat va anʼanalari asosida takomillashib, bugungi kunda dunyodagi yuzlab tillar orasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan qoraqalpoq tili bu zaminda yashovchi har bir inson uchun yanada qadrli. Shu bois, bu tilni xalqimiz nafaqat sevib, ardoqlaydi, balki umumtaʼlim maktablarida, oliy taʼlim muassasalarida yoshlar katta qiziqish bilan oʻrganadilar.

Har yili qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbirlar tashkil etilib, qoraqalpoq tilining xalqimiz hayotida tutgan oʻrni xususida maʼruzalar oʻqiladi, qoraqalpoq mumtoz va zamonaviy adabiyoti namoyandalarining asarlari asosida sahna koʻrinishlari namoyish etilib, qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻyicha turli intellektual oʻyinlar oʻtkaziladi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida ham qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligiga bagʻishlangan "Martabang baland boʻlsin, ona tilim!" shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni maktab direktori Dilrabo Sherboyeva ochdi va barchani bayram bilan muborakbod etib, 1-sonli maktabda qoraqalpoq tilini oʻqitish borasida oʻziga xos tajriba shakllangani, maktab oʻquvchilari fanlar olimpiadasining tuman va Respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishayotgani xususida faxrlanib soʻz yuritdi.

Tadbirga tashrif buyurgan aziz mehmonlar — "Ustaz joli" gazetasi bosh muharriri Jetkerbay Otegenov, mazkur gazetaning jamoatchi muxbiri Sapura Saparova, "Qaraqalpaqstan jaslari" gazetasi muharriri Shukrbay Siypatdinov, taniqli qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Urimxan Tajimuratova hamda maktabning qoraqalpoq tili uslub birlashmasi oʻqituvchilari va maktab oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi.

Davra suhbati jarayonida mehmonlar qoraqalpoq tilining boy tarixi va taraqqiyot bosqichlari, davlat tili sifatidagi xalqaro miqyosdagi nufuzi xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, tilning mamlakatimiz xalqlari maʼnaviy hayotidagi oʻrni, uning bugungi kundagi rivojlanish jarayoni, yosh avlod zimmasidagi masʼuliyatli vazifalar, ayniqsa, qoraqalpoq tilining imkoniyatlarini amalda namoyon etishga qaratilgan ilmiy-pedagogik izlanishlar yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.

Tadbir davomida maktabning oliy toifali qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Aptabida Abdimuratova tomonidan 10-"A" sinfda tadbir mehmonlari ishtirokida ochiq dars tashkil etildi. Mahoratli oʻqituvchi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur ochiq dars eng zamonaviy pedagogik uslublar asosida olib borilgani uchun nafaqat oʻquvchilar, balki mehmonlarda ham katta taassurotlar qoldirdi.

“Martabang baland boʻlsin, ona tilim!” nomli madaniy-maʼrifiy tadbirning adabiy-musiqiy qismida tadbir mehmonlari maktabning bir asrlik tarixi haqida hikoya qiluvchi muzey faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ular mazkur ilm dargohining nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki mamlakatimiz ilm-fani, iqtisodiyoti, ijtimoiy-madaniy hayotida tutgan oʻrniga yuqori baho berdilar va 1-sonli maktab el-yurt faxri ekanligini taʼkidladilar.

Tadbir davomida maktabning “Turon” havaskorlar teatri jamoasi tomonidan “Eng yaxshi meros” ertagi asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi namoyish qilindi. Oʻquvchilar tomonidan qoraqalpoq shoir va yozuvchilarining sheʼrlari, xalq ogʻzaki ijodiga doir hikmatli iboralar, maqol va matallar, qoʻshiq va raqslar ijro etildi.

Tadbirning yakuniy qismida maktabning oliy toifali qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi, tashabbuskor va izlanuvchan pedagog Aptabida Abdimuratova “Adiwli ustaz” koʻkrak nishoni hamda diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, maktabning mahoratli oʻqituvchilari Dildora Kuchkarova, Yangila Shomuratova, Nasiba Kuchkarova, Mohira Kamolovalarga tashakkurnomalar berildi.

Oʻquvchi-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini mustahkamlash, qoraqalpoq xalqining boy madaniy-maʼnaviy merosi, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini keng targʻib qilish maqsadida tashkillashtirilgan bayramona tadbir maktab oʻquvchilari uchun ham, tadbir mehmonlari uchun ham qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026