Gʻamoʻrlikka javoban
Men bundan 10-yil avval Toshkent shahridagi "Mashhura” firmasi maʼmuriyati va tumanimiz hokimligining qoʻllab-quvvatlashi tufayli tumanimizda "Mashhura” firmasining filialini tashkil qilganman. Shu davrda 25 million soʻmlik bank krediti asosida oʻz xususiy korxonamning ishini yoʻlga qoʻydim. Bir qancha yosh qiz-kelinlarni ish bilan taʼminladim, yiliga yuzlab ayol-qizlarga chevarlikning nozik sirlari yuzasidan mashgʻulotlar olib bordim.
"Mashhura” firmasining filialida tahsil olgan sobiq shogirdlarimning koʻpchiligi oʻz biznes loyihalarini ishlab chiqib, xususiy korxona egalari sifatida shakllanganlar.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor berilayotgani joylarda koʻplab ish oʻrinlarining yaratilishiga sababchi boʻlmoqda. Birgina bizning tumanimizda 2014-yilda 104 nafar ayol-qizga 1 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar berildi. Bu – davlatimiz tomonidan tadbirkorlik bilan shugʻullanishga qiziqayotgan ayol-qizlarimizga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning yorqin bir namunasidir.
Men ayni kunda xususiy tikuvchilik korxonasiga rahbarlik qilayapman. 2009-yilda tashkil qilingan bu korxonada 5 kishi mehnat qilamiz. Tikuvchilik ishlarini sifatli bajarayotganligimiz tufayli mijozlarimiz soni kun sayin koʻpayib bormoqda. Bizning korxonamizda 10 ta tikuv mashinalari oʻrnatilgan boʻlib, ularning 5 tasidan tikuvchilik kasbini oʻrganishga ixlos qoʻygan shogirdlarim foydalanishadi.
Biz – tadbirkorlar davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarga javoban aholiga sifatli xizmat koʻrsatishga, shogirdlarimiz sonini koʻpaytirishga eʼtiborni yanada kuchaytiramiz.
Tamara
YuSUPOVA, tadbirkor,
"Tamara - Feruza” xususiy korxonasi rahbari.
Maqola
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat
tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha
doirasida eʼlon qilindi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶