QUMYoP MAHALLASIDA AHOLIGA SIFATLI IJTIMOIY XIZMATLAR KÖRSATILMOQDA
Amudaryo tumanining Qumyop mahallasi özining nafaqat gözal, sölim tabiati, balki özaro mehr-oqibatli, mehnatkaş, elim, yurtim, degan fidoyi insonlari bilan tanilgan aholi maskanlaridan biri sanaladi. Mahallada begona yöq, biri qoş, biri köz, deganlariday, barçasi qaysidir jihatlari bilan bir-biriga qarindoşlik riştalari bilan boğlanib ketgan. Şundanmi, mahalladoşlar heç qaçon biri-birini yolğizlatib qöyişmaydi.
Aholining qon-qoniga singib ketgan ana şu insonparvarlik tuyğusi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat körsatuvçi xodim sifatida öz faoliyatini boşlagan Bahrom Yuldaşevga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qöllab-quvvatlaş, yakka-yolğiz fuqarolar hamda nogironligi bor bölgan şaxslarning ijtimoiylaşuvini taʼminlaşga qaratilgan işlarni tökis amalga oşirişida qöl keldi.
Bahrom Yuldaşev, avvalo, “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda mahalladagi 735 ta xonadon tarkibiga birikkan 1585 ta oilaga birma-bir kirib borib, xatlovdan ötkazdi. Har bir oilaning turmuş tarzi, iqtisodiy taʼminlanganlik darajasi puxta örganilib, salkam 5000 nafarga yaqin aholi orasidan ijtimoiy himoyaga muhtojlar böyiça alohida-alohida röyxatlar şakllantirildi. Uşbu röyxat asosida mahalla hududidagi 12 toifaga mansub fuqarolarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat körsatiş yölga qöyildi.
Xususan, özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz keksalar va nogironligi bor bölgan şaxslar toifasi böyiça 4 nafar fuqaroga mahalliy tadbirkor kömagi bilan assistent biriktirilib, ularga namunali ijtimoiy xizmatlar körsatiş çoralari körildi.
Nogironligi bölgan şaxslar, oğir kasallikka çalinganlar va uzoq vaqt davolanişga muhtoj bolalar toifasi böyiça 112 nafar şaxslar ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi. Ötgan davr mobaynida 13 nafar nogironligi bölgan şaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari olib berildi.
6 nafar nogironligi bölgan fuqarolar Bahrom Yuldaşevning kömagi bilan barqaror daromadli işlarga joylaştirildi. 8 nafar nogironligi bor şaxsga esa “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan öz salomatliklarini tiklaşlari uçun moddiy yordam körsatildi.
Mahalladagi 76 ta oila kam taʼminlangan oilalar röyxatiga kiritilib, bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar olib kelmoqda. Kambağallik reyestriga kiritilgan 57 ta oila esa ijtimoiy xodim va hokim yordamçisi tomonidan individual yondaşuv asosida ijtimoiy xizmat turlari bilan qamrab olingan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi Qaroriga muvofiq 198 ta oilaning iqtisodiy taʼminlanganlik darajasi puxta örganilib, kuz-qiş mavsumi uçun bir martalik moddiy yordam ajratilişiga kömaklaşildi. 9 ta kam taʼminlangan oilalarning farzandlari imtiyozli ravişda maktabgaça taʼlim taşkilotlariga joylaştirilib, bu boradagi muammolari ijobiy hal qilindi.
Tazyiq va zöravonlikka uçragan ayol-qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaş çoralari körilib, ulardan 4 nafariga himoya orderlari rasmiylaştirildi va ularga psixologik hamda huquqiy yordamlar körsatiş çoralari körildi.
Vasiylik va homiylikka olingan 1 nafar yetim bola hamda ota-onasi çet davlatlarda mehnat muhojirligida bölgan 3 nafar bolaning hayoti, taʼlim-tarbiyasi böyiça muntazam ravişda monitoring olib borilmoqda. Şu bilan birga, mahalladagi ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan 1 nafar bolaga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining Amudaryo tumani bölimi tomonidan uy-joy bilan taʼminlanişiga yaqindan yordam berildi.
Qumyop mahallasida aholiga kompleks ijtimoiy xizmat körsatiş yönalişida amalga oşirilayotgan bu kabi çora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining jamiyatga faol integratsiyalaşuvini taʼminlab, ularning hayot sifatini yaxşilaş imkonini bermoqda.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶