3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Amudaryoda keng nişonlandi
Har yili 3-dekabr kuni butun dunyo böylab insoniyatning mehr-oqibatga bölgan yuksak eʼtiborini ifodalovçi sanalardan biri – Xalqaro nogironlar kuni nişonlanadi. Bu sana Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq joriy etilgan bölib, jamiyatda nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari, imkoniyatlari va ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugun nogironligi bölgan insonlarga kömak beriş, ularni jamiyatning tölaqonli aʼzosi sifatida qöllab-quvvatlaş nafaqat davlat siyosati, balki har birimizning insoniy burçimizga aylangan.
Amudaryo tumanida ham mazkur sana munosabati bilan katta bayramona tadbir taşkil qilindi. Tuman hokimligi taşabbusi bilan “Şer” töyxonasida ötkazilgan uşbu samimiy uçraşuv nogironligi bölgan hamyurtlarimiz uçun çinakam quvonç, eʼtibor va hurmat bayramiga aylandi.
Mehmonlar taşrifning ilk daqiqalardan boşlab mehr-muruvvat, iliq muhit va bayramona kayfiyatning guvohi böldilar. Tadbirning har bir lahzasi inson qadri, jamiyatda inklyuzivlik tamoyillarini mustahkamlaşga qaratildi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, tuman prokurori Bahram Maşaripov, tuman Içki işlar bölimi boşliği Timur Doşumbayev iştirok etib, bayram munosabati bilan nogironligi bölgan yurtdoşlarimizga mehrli tilaklarini yölladilar.
Rahbarlar öz çiqişlarida inson qadri va uning manfaatlari davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini taʼkidlaşdi. Nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş, ularga qulay şaroit yaratiş, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga eʼtibor qaratildi.
Tadbir iştirokçilariga maxsus tayyorlangan bayram sovğalari topşirildi. Uşbu sovğalar nafaqat eʼtibor ramzi, balki köngillarga iliqlik, quvonç va qadr topganlik tuyğusini olib kirdi. Nogironligi bölgan hamyurtlarimizning közlaridagi mamnunlik, tabassumlar va minnatdorçilik barça iştirokçilarning köngliga köçdi.
Tuman Madaniyat bölimi xonandalari tomonidan ijro etilgan şöx va şodon kuy-qöşiqlar tadbirga özgaça bayramona ruh bağişladi. Musiqa sadolari ostida iştirokçilarning kötarinki kayfiyati, bir-biriga iliq tilaklar yöllaşi uşbu kunni yanada unutilmas qildi.
Xalqaro nogironlar kuni – bu jamiyatning mehr-muruvvatga bölgan ehtiyoji, bir-birimizni qöllab-quvvatlaş madaniyati va yuksak insoniy qadriyatlarning ifodasidir.
Tumanimizda ötkazilgan mazkur tadbir esa yana bir bor şuni körsatdiki, hamyurtlarimizning har biri eʼtibor, izzat-ikrom va qöllab-quvvatlaşga munosibdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶