QORAQALPOĞISTON MUSULMONLARI QOZIYoTI IŞÇI GURUHI AMUDARYo TUMANIDA XAYR-SAXOVAT TADBIRLARINI AMALGA OŞIRDI
Islom dini taʼlimotida oğir vaziyatga tuşib qolgan insonlar holidan xabar oliş, muhtoj va nogironligi bor bölgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş maqsadida xayr-ehson tadbirlarini amalga oşiriş eng xayrli va savob amallardan sanaladi.
Qoraqalpoğiston Musulmonlari Qoziyoti tomonidan Respublika hududlaridagi masjidlar imom-xatiblari hamda tumanlar boş imom-xatiblari iştirokida muntazam ravişda xayr-ehson tadbirlari taşkil etilib, savobli amallarning ahamiyati yuzasidan joylardagi imom-xatiblarga zarur körsatmalar berib boriladi. Bu boradagi işlarni yanada takomillaştiriş va Respublika hududlaridagi jomʼe masjidlari faoliyatini zamon talablari darajasida taşkil etiş maqsadida nufuzli imom-xatiblardan iborat işçi guruhi tuzilib, mazkur işçi guruh aʼzolari bilan joylarga çiqqan holda xayr-saxovat tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Qoziyoti qozisining örinbosari Ikram Şerniyazov rahbarligidagi 14 kişidan iborat işçi guruh Amudaryo tumanida bölişib, tumanda faoliyat olib borayotgan jomʼe masjidlari imom-xatiblari bilan uçraşib, muloqotda böldilar.
Tumandagi “Yusuf eşon bobo” jomʼe masjidida bölib ötgan uçraşuvda Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali taşkil etiş masalasi muhokama qilindi. Tumanning boş imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev mazkur uçraşuvni ötkazişdan közlangan maqsad ehtiyojmand, oğir vaziyatlarga tuşib qolgan va bemor insonlar holidan xabar oliş va ularni qöllab-quvvatlaş orqali ijtimoiy faolligini oşirişdan iborat ekanligi töğrisida söz yuritdi. Şu bilan birga, Amudaryo tumanidagi jomʼe masjidlarining imom-xatiblari tomonidan amalga oşirilayotgan xayr-saxovat işlari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Şundan söng, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qoziyoti qozisining örinbosari Ikram Şerniyazov rahbarligidagi işçi guruh aʼzolari tumandagi 14 ta mahallalarga borib, har bir mahalladan 5 tadan kam taʼminlangan va nogironligi bor oilalar holidan xabar oldilar. Har bir oila aʼzolari bilan samimiy muloqotda böldilar va ularni qiynab kelayotgan dard-u taşvişlarini tingladilar.
Tadbir davomida mahallalarda istiqomat qiluvçi 70 ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga jami 11 million sömlik sovğalar berildi.
Işçi guruh aʼzolari tomonidan amalga oşirilgan bu kabi xayr-saxovat tadbirlari kam taʼminlangan va bemor fuqarolar, şuningdek, oğir vaziyatga tuşib qolgan şaxslar qalblariga taskin, köngillariga xuşnudlik bağişlab, insonparvarlik va halollik, adolatparvarlik tamoyillariga asoslangan islomiy qadriyatlarga işonç tuyğularini yanada mustahkamladi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶