AMUDARYo TUMANIDA “SALOMATLIK MARAFONI”GA START BERILDI
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş Vazirligining 2025-yil 31-oktyabrdagi 335-sonli buyruğiga asosan aholi salomatligini mustahkamlaş va soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş maqsadida Amudaryo tumanida 1-30-dekabr kunlari profilaktik tadbirlar — “Salomatlik marafoni” boşlandi.
“Salomatlik marafoni” doirasida köp tarmoqli Markaziy poliklinika, hududlardagi Oilaviy poliklinikalar va Oilaviy şifokorlik punktlarida profilaktik köriklar va skrining dasturlari amalga oşirilişi, surunkali kasalligi bor bemorlarni tibbiy körikdan ötkaziş va individual soğlomlaştiriş rejasiga muvofiq soğlomlaştiriş çoralari körilişi hamda yuqori texnologik amaliyotlarga muhtoj bemorlar röyxati şakllantirilib, ularni samarali davolaş çoralari amalga oşirilişi közda tutilgan. Şuningdek, oylik doirasida 45 yoşdan 65 yoşgaça bölgan ayollarda kökrak bezi saratonining oldini oliş va erta aniqlaş hamda taşxislaş maqsadida birinçi galda köçma mammografiyaga muhtojlar tibbiy körikdan ötkazilib, marafon jarayonida aholi orasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, töğri ovqatlaniş, doimiy va rejali kun tartibiga amal qiliş hamda zararli odatlarga qarşi kuraşiş maqsadida aholi gavjum bölgan joylarda tibbiy köriklar taşkillaştirilib, aholiga kerakli tibbiy maslahatlar taqdim qilinadi.
Bir oy davom etadigan mazkur tadbirning ilk haftasidagi tibbiy maslahatlar va köriklarda aholi katta qiziqiş bilan iştirok etişmoqda.
Manğit dehqon bozori va boşqa aholi gavjum joylarda taşkil qilingan “Salomatlik marafoni” nuqtalarida töğri ovqatlaniş tarğibotiga bağişlangan körgazmalar taşkil etilişi özining ijobiy samarasini bermoqda. Aholiga yaşil, sariq va qizil stollarda oziq-ovqat va meva-çevalar maketlari namoyiş qilinib, qaysilari salomatlik uçun foydali, qaysilari zararli ekani tuşuntirilmoqda. Bukletlar hamda tarqatma materiallar, körgazmali qurollar vositasida ommaviy tarğibot tadbirlari ötkazilayotgani aholining tibbiy madaniyatini oşiriş imkonini bermoqda.
Uşbu marafon tumandagi har bir fuqaroning soğliğini yaxşilaşga, kasalliklarni erta aniqlaşga va aholi orasida tibbiy madaniyatni yuksaltirişga xizmat qiladi.
Qadrli yurtdoşlar! “Salomatlik marafoni” oyligida faol iştirok eting va öz salomatligingizga aslo befarq bölmang. Tibbiy köriklardan ötiş orqali soğligingiz haqida ğamxörlik qiling. Zero, salomatlik eng katta boylikdir.
Jumaboy Yavqaşev, Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶