28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:34
Iqtisodiyot 👁 1,436

Konstitutsiya bayrami arafasida Amudaryoda yangi binolar foydalanishga topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Amudaryoda yangi binolar foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi Amudaryo tumani hayotida nafaqat bayram, balki taraqqiyot va yangilanish ruhi bilan yodda qoldi. Bayram arafasida tumanda bir qator muhim ijtimoiy obʼektlarning foydalanishga topshirilgani xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasini yaqqol namoyon etdi.

Xususan, Doʻstlik mahallasida zamonaviy talablar asosida yangidan qurilgan 58-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Marosimda tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman prokurori Bahram Masharipov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratovlar soʻzga chiqib, bu bunyodkorlik ishlari mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasiga berilayotgan yuksak eʼtiborning yorqin isboti ekanini taʼkidladilar.

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimizning tegishli qarori asosida joriy yilda Amudaryo tumanida 4 ta maktabgacha taʼlim muassasasini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun 24 milliard 902 million soʻm mablagʻ ajratildi. Ana shu ezgu dastur doirasida “Xiva Qurilish Kompleks” MChJ tomonidan qiymati 8 milliard 600 million soʻm boʻlgan, 240-oʻrinli ikkita qavatli bino bunyod etilib, bayram arafasida foydalanishga topshirildi.

Bu nafaqat yangi bogʻcha — balki kelajagimiz egalari uchun bilim, tarbiya va mehr maskanidir. Zamonaviy oʻquv xonalari, oʻyin maydonchalari, sport va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar uchun moʻljallangan xonalar — barchasi bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiladi.

Bayram arafasida yana bir muhim obʼekt — Oq oltin ovulida yangidan qurilgan Madaniyat markazi binosi ham foydalanishga topshirildi. Mazkur maskan ovul ahlining maʼnaviy hayotida yangi sahifa ochadi.

Markazning ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari Bahodir Ernazarov, tuman prokurori Bahram Masharipov, tuman Madaniyat boʻlimi boshligʻi Murod Ibragimov, shuningdek, qurilish tashkiloti masʼullari soʻzga chiqib, ushbu bunyodkorlikning tumanning maʼnaviy yuksalishiga qoʻshadigan hissasi haqida soʻz yuritdilar.

Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabr kungi “2025-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida barpo etilgan mazkur maskan “MANGʻIT INVEST MAKSIMUM” MChJ tomonidan qurilib, 2 milliard 700 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Madaniyat markazlari – xalqning oʻzligini anglash, maʼnaviyatni boyitish va yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash maktabidir. Ayniqsa, yoshlar uchun toʻgaraklar, ijodiy studiyalar, kutubxona va sahna zallari ushbu maskanni hududning madaniy markaziga aylantirishi shubhasiz.

Tumanimizda amalga oshirilayotgan bu kabi yirik loyihalar Oʻzbekiston Respublikasining Bosh Qomusi — Konstitutsiyamizda belgilangan eng muhim tamoyillar: inson qadri, farovon hayot, bilimli avlod va kuchli ijtimoiy infratuzilma kabi maqsadlarning real ifodasi, Konstitutsiyamizda belgilangan ijtimoiy davlat kontseptsiyasining amaliy ijrosidir. Bolalar bogʻchalari, madaniyat markazlari, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar — bularning barchasi fuqarolarimizning munosib turmushiga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning barqaror amaliy davomidir.

Marosimlarda soʻzga chiqqanlar barcha quruvchilar, muhandislar, loyiha mutaxassislari, homiylar hamda tashabbuskor fuqarolarning mehnati yuqori baholanishini alohida taʼkidladilar. Zero, bunday ulkan loyihalar faqat hamjihatlik va maqsad sari birgalikda intilish orqali roʻyobga chiqadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026