EKOLOGIK TAHDIDLARNING OLDINI OLIŞGA QARATILGAN IŞLAR SAMARADORLIGI OŞIRILMOQDA
Bugungi kunda jahonda jiddiy eʼtibor talab etilayotgan muammolardan biri — ekologik tahdidlar özining globalligi bilan alohida ajralib turadi. Şu bois, mamlakatimizda ham tabiatda yuz berayotgan salbiy jarayonlarni anglagan holda, ularning kelib çiqiş sabablarini aniqlab, salbiy holatlarni mumkin qadar bartaraf etiş, bu borada aholining xabardorligini oşiriş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Amudaryo tumani bölimi tomonidan atmosferaning özgarişi tezlaşişining oldini olişga qaratilgan keng kölamli kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirildi.
Bölim tomonidan “Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot” yilida qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, “Çoyköl” ovuli hududida 0.9 gektar maydonda “Yaşil boğ” taşkil etildi. Amudaryo tumani Obodonlaştiriş boşkarmasi va Qipçoq davlat örmon xöjaligi tomonidan hududning tabiiy tuproq-iqlim şaroitiga mos köçatlar tanlab olinib, tuman böyiça 2025-yil davomida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida 825 ming tup mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi. Ekilgan köçatlar parvarişi uçun masʼul taşkilotlar xodimlari biriktirildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimiga rioya etilişi hamda ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş böyiça davlat ekologik nazoratini amalga oşiriş maqsadida 2025-yil davomida bir neça marta tezkor nazorat tadbirlari ötkazildi. Tezkor tadbirlar natijasida 123 ta holatda qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, fuqaro va mansabdor şaxslarga nisbatan salkam 250 million söm miqdorida jarimalar qöllanildi.
Bölim tomonidan boşoqli don ekinlaridan böşagan yer maydonlarida somon poyalarini yoqişning oldini oliş böyiça fermer xöjaliklari rahbarlariga tegişli qonun hujjatlari doirasida ogohlantiriş xatlari berilib, tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi.
Bölim faoliyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli Qaroriga asosan “YERELEKTRON” avtomatlaştirilgan platformasi orqali jami 10 ta yer uçastkalari böyiça yer maydonlari örganib çiqilib, tegişli xulosalar berildi.
“E’TIROF AT” elektron platformasi orqali özboşimçalik bilan qurilgan turar joy imoratlari va mazkur imoratlar hududlaridagi dov-daraxtlarga ham qonun doirasida zarur xulosalar taqdim etilmoqda.
Taşkilotga kelib tuşgan murojaatlar atrofliça örganilib, mavjud ekologik muammolar öz vaqtida, samarali yeçim topişiga erişilmoqda. Bu aholining atrof-muhit muhofazasiga bölgan munosabatlari ijobiy tomonga özgarib, ularning ekologik madaniyati oşişiga zamin yaratmoqda.
Raşid Begaliyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Amudaryo tuman bölimi boşliği.
MAQOLA “JAYXUN ILHOMLARI” NNTNING ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
HUZURIDAGI FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARINI QÖLLAB-QUVVATLAŞ
JAMOAT FONDI TOMONIDAN MOLIYaLAŞTIRILGAN
“EKOLOGIK MADANIYaT – SOĞLOM KELAJAK ASOSI” NOMLI LOYIHASI DOIRASIDA
TAYYoRLANDI VA ÇOP QILINDI.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶