28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:33
Jamiyat 👁 504

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatli himoya qilish borasida mustahkam qonuniy asoslar yaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat sifatida belgilab qoʻyilgan. Shu bois, mamlakatimizda fuqarolarning hayotiga daxldor huquqiy masalalarni shaffoflik asosida hal qilishda odil sudlovni taʼminlash, ularning konstitutsiyaviy huquqlaridan toʻlaqonli foydalanishlariga sharoit yaratish maqsadida sudlar tomonidan xalq bilan yuzma-yuz muloqot, huquqiy-maslahat uchrashuvlari, “Ochiq eshiklar kuni” tarzidagi tashviqot tadbirlari va sayyor sud yigʻilishlari tashkil etilmoqda.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi binosida oʻtkazilgan navbatdagi shu kabi tadbirda ham sudyalar, tadbirkorlar, advokatlar va fuqarolar ishtirok etdi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri avvalida ishtirokchilar Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi binosida tashkil etilgan advokatlar va prokuror xonalari, fuqarolarni qabul qilish jarayoni, sud majlislari zali, shuningdek, sudga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi xodimlari tadbir ishtirokchilariga sud arxivi, devonxonasi faoliyati yuzasidan batafsil maʼlumot va tushunchalar berdilar.

“Ochiq eshiklar kuni” targʻibot-tashviqot tadbirida ishtirokchilarga sudlar faoliyatiga keng joriy etilayotgan interaktiv xizmatlar haqida tushunchalar berilib, bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirishga eʼtibor qaratildi. Yigʻilishda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan sudlar faoliyatiga doir Farmon va qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuncha va maʼlumotlar ham taqdim etildi.

Tadbir davomida sudyalar va tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati jarayonida malakali huquqshunoslar tomonidan maʼmuriy sudlarda koʻriladigan ishlar toifasi, maʼmuriy sudning vakolatlari, ishlarni koʻrishning protsessual tartiblari xususida keng tushunchalar berildi. Bundan tashqari, davra suhbatida joriy 2025-yil davomida Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudida koʻrilgan ishlar tahliliga ham eʼtibor qaratilib, ishtirokchilarga qimmatli maslahat va tavsiyalar berildi.

Ochiqlik va shaffoflik asosida oʻtkazilgan tadbirda sudyalar tomonidan mamlakatimiz sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va unga muvofiq sohaga joriy etilayotgan yangiliklar, xususan, Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 21-avgustda qabul qilingan “Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va undan kelib chiqadigan vazifalar mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumotlar taqdim etilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Unga koʻra, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga zarur qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini koʻrishni soddalashtirish maqsadida “Raqamli sud” kontseptsiyasini amalga oshirish doirasida sunʼiy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijalari, sarflanadigan xarajatlarni shakllantirish, murojaatlarni sudga elektron shaklda yuborish, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishlarini taʼminlashga qaratilgan oʻzgarish va yangiliklar xususida maʼlumotlar berildi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ochiq va shaffof tarzda, yuzma-yuz muloqotlar, qiziqarli savol-javoblar asosida oʻtkazildi hamda munozaralarga boy boʻldi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026