14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:11
Siyosat 👁 858

AMUDARYoDA YILNING ENG YaXShILARI “EʼTIROF–2025” MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

AMUDARYoDA YILNING ENG YaXShILARI “EʼTIROF–2025” MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

Har bir yil tarix sahifalariga oʻzining betakror voqealari, ulkan bunyodkorlik ishlari va erishilgan yutuqlari bilan muhrlanadi. 2025-yil ham Amudaryo tumani hayotida taraqqiyot, yangilanish va inson manfaatlari ustuvor boʻlgan yil sifatida oʻchmas iz qoldirdi. Tugab borayotgan yil mobaynida tumanda amalga oshirilgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari, infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalar aholi turmush darajasini sezilarli oshirishga xizmat qildi. Ana shu yutuqlarning asosiy ijodkorlari boʻlgan zahmatkash insonlarni munosib eʼtirof etish, ularning mehnatiga chuqur hurmat va minnatdorlik bildirish maqsadida Yangi yil bayrami arafasida “Eʼtirof–2025” tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Amudaryo tumani hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan ushbu nufuzli tadbirga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, faol yoshlar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmat koʻrsatish sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan peshqadam ishchi-xizmatchilar jam boʻldilar. Marosim shunchaki yil yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi emas, balki inson qadri ulugʻlangan jamiyatda har bir halol mehnat, har bir tashabbus davlat va jamoatchilik eʼtiboridan chetda qolmasligining yorqin ifodasi boʻldi.

Tadbirni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov ochib berdi. U oʻz nutqida yakunlanayotgan 2025-yilda tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida roʻy bergan muhim oʻzgarishlarga keng toʻxtalib oʻtdi. Xususan, taʼlim sohasida maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlangani, zamonaviy oʻquv xonalari, laboratoriyalar tashkil etilgani, oʻqituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samara berayotgani taʼkidlandi.

Sogʻliqni saqlash tizimida ham aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va qamrovi kengayib, qishloq vrachlik punktlari va oilaviy shifokorlik markazlari zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlandi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yer unumdorligini oshirish, fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu esa tuman iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholi daromadlarini oshirishga xizmat qildi.

Infratuzilmani yaxshilash, ichki yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminoti tizimlarini yangilash, yangi turarjoy massivlari barpo etish boʻyicha olib borilgan ishlar ham aholining kundalik hayotida katta yengillik yaratdi. Tuman rahbari oʻz soʻzida bunday natijalar raqamlar yoki hisobotlar bilan emas, balki odamlar hayotidagi oʻzgarishlar bilan oʻlchanishini alohida taʼkidladi.

— Har bir yutuq ortida oddiy insonlarning sidqidildan qilingan mehnati, masʼuliyati va fidoyiligi yotibdi. Bugungi “Eʼtirof–2025” marosimi ana shu mehnat sohiblariga bildirilayotgan xalqimizning va davlatimizning yuksak minnatdorligidir — dedi tuman hokimi.

Marosimning eng hayajonli va unutilmas qismi — taqdirlash jarayoni boʻldi. Sahnaga yil davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, jamoatchilik orasida obroʻ-eʼtibor qozongan oʻqituvchi va shifokorlar, muhandis va quruvchilar, tadbirkor va fermerlar, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari taklif etildi.

Taqdirlanganlarga tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Mukofot sohiblari oʻz chiqishlarida bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik ular uchun katta masʼuliyat ekanini, kelgusida yanada samarali mehnat qilish, tuman ravnaqiga hissa qoʻshishga undashini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Darhaqiqat, mehnat eʼtirof etilgan joyda yangi tashabbuslar, yangi gʻoyalar vujudga keladi.

Tadbirning badiiy qismi kechaga alohida shukuh bagʻishladi. Tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan katta kontsert dasturi ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi. Isteʼdodli xonandalar ijrosidagi Vatanni, mehnatni, tinchlik va birdamlikni ulugʻlovchi qoʻshiqlar, raqs jamoalarining chiqishlari barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

“Eʼtirof–2025” tantanali taqdilash marosimi yana bir bor shuni isbotladiki, Amudaryo tumanida inson omiliga boʻlgan eʼtibor, mehnatkashlarga hurmat va ularni ragʻbatlantirish davlat siyosati darajasida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu tantana nafaqat oʻtgan yil sarhisobi, balki kelayotgan 2026-yil uchun belgilab olingan yangi maqsadlar sari tashlangan ishonchli qadam boʻldi.

Zero, mehnat qadrlangan, inson eʼzozlangan yurtda taraqqiyot bardavom boʻladi. Amudaryoliklar yangi yilni ana shunday yuksak ishonch, birdamlik va katta maqsadlar bilan qarshi olmoqdalar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019