Dörman ovuli - mehnat, hamjihatlik va taraqqiyot maskani
Amudaryo tumanining Dörman ovuli hududning yirik qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriladigan, aholisi mehnatsevarligi, hamjihatligi va tinç-osoyişta hayot tarzi bilan ajralib turadigan ovullaridan biridir. Asrlar davomida şakllangan dehqonçilik va çorvaçilik anʼanalari bugun zamonaviy yondaşuvlar bilan uyğunlaşib, ovul taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda.
Bugungi kunda Dörman ovulida “Mahalla yettiligi” vakillarining samarali va tizimli faoliyati natijasida hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş izçil taʼminlanmoqda. Mahalla faollari, masʼul taşkilotlar hamkorligida aholi muammolari joyida örganilib, ularni bartaraf etiş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
Ovulda hozirgi kunda 514 ta xonadonda 774 ta oila tarkibida jami 2677 nafar aholi özaro ahil-inoq yaşab kelmoqda. Hududda 2 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta maktabgaça taʼlim muassasasi, 3 ta oziq-ovqat dökoni, 1 ta sartaroşxona, 1 ta içimlik suvini tozalaş va yetkazib beriş şoxobçasi faoliyat yuritib, aholiga doimiy xizmat körsatmoqda.
Aholini iş bilan taʼminlaş, tomorqa yerlaridan samarali foydalaniş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali aholi daromadlarini oşiriş masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Olib borilgan tizimli va manzilli işlar natijasida joriy yilning 12 oyi davomida ovulda yaşovçi 26 nafar işsiz fuqaroga jami 470 million söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 86 nafar fuqaro özini özi band qilgan, 91 nafar fuqaro doimiy iş örniga ega bölgan.
Migratsiyadan qaytib kelgan 4 nafar fuqaroning 2 nafariga kredit ajratilib, ularning mehnat faoliyati yölga qöyildi. Şuningdek, yil boşidan buyon 8 ta yangi tadbirkorlik subʼekti faoliyati yölga qöyilib, hudud iqtisodiy salohiyati yanada mustahkamlandi.
Dörman ovulida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, barqaror daromad olayotgan aholi vakillari safi tobora kengaymoqda. Jumladan, hududda yaşovçi Islom Qurbanov köp yillardan buyon çorvaçilik bilan şuğullanib keladi. Bugungi kunda 22 boş qoramol boqib, qişloq xöjaligi tarmoqlaridan barqaror daromad topmoqda. Uning kelgusidagi rejalari ham katta – faoliyatini kengaytirib, yirik çorvaçilik xöjaligi taşkil etiş va yangi iş örinlari yaratiş ustuvor maqsadlaridan sanaladi.
Şuningdek, Xaytboy Jumaniyozov 10-yildan buyon asalariçilik bilan şuğullanib, bugungi kunda 100 ta asalari qutisiga ega. Oilaviy mehnat asosida olib borilayotgan bu faoliyat natijasida oila farovonligi tobora oşib bormoqda.
Ovulda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasidagi işlar ham izçil davom etmoqda. 2025-yilning 9 oyi davomida 8 nafar yoş “Yoşlar daftari”ga kiritilib, ularga manzilli yordamlar körsatildi. Jumladan, 3 nafar yoşning tölov-kontrakt summasi tölab berildi, 2 nafar yoşga imtiyozli kredit ajratildi, 2 nafar yoş kelajak kasblariga öqitildi, 1 nafar yoşga subsidiya asosida çorva mollari uçun tarozi olib berildi.
Xotin-qizlar bandligini taʼminlaş borasida ham eʼtiborga molik işlar amalga oşirilmoqda. Hududda yaşovçi Muqaddas Ahmedova 5-yildan buyon tikuvçilik bilan şuğullanib, 10 nafardan ortiq şogird tayyorladi. U öz mehnati bilan nafaqat oilasining farovonligini taʼminlamoqda, balki köplab xotin-qizlarning band bölişiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Hududda oilaviy tadbirkorlik ham rivojlanib bormoqda. “Xiva çoyxonasi” oilaviy korxonasida non va non mahsulotlari hamda milliy taomlar tayyorlanib, bozorga çiqarilmoqda. Uşbu faoliyat orqali oilaning barça aʼzolari iş bilan band bölib, barqaror daromad manbaiga ega.
Bugun Dörman ovuli – mehnat, taşabbus va hamjihatlik uyğunlaşgan, aholisi ertangi kunga işonç bilan qarayotgan hududdir. Amalga oşirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va aholi faolligi tufayli ovul ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada ravnaq topib, farovon hayot sari dadil odimlamoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶