Xotira – muqaddas, qadr – aziz: Amudaryoda general-mayor Xakimboy Xalimovning yorqin xotirasi yodga olindi
Inson qadri, uning ezgu amallari va qoldirgan maʼnaviy merosi yillar ötsa-da, avlodlar qalbida yaşaşda davom etadi. Ayniqsa, huquqni muhofaza qiliş organlari, xususan, prokuratura tizimida köp yillar davomida qonun ustuvorligini taʼminlaşga umrini bağişlagan, sohada öziga xos maktab yaratgan fidoyi insonlarni yod etiş – bugungi kun xodimlari uçun ham maʼnaviy quvvat, ham kasbiy masʼuliyat manbaidir.
Amudaryo tumani prokurori, adliya maslahatçisi Bahrom Maşaripov boşçiligidagi prokuratura jamoasi soha faxriysi Jumamurat Xaytboyev hamrohligida 3-darajali davlat adliya maslahatçisi, general-mayor Hakimboy Aşiroviç Xalimovning mangu qönim topgan maskanini ziyorat qildilar. Qabr boşida Qurʼon tilovat qilinib, marhumning ruhiga duolar qilindi. Ziyorat asnosida faxriylar va yoş prokurorlar Xakimboy Xalimovning serqirra faoliyati, uning murakkab vaziyatlarda qabul qilgan odilona qarorlari, insoniylik fazilatlarini yodga oldilar.
Xakimboy Xalimov şunçaki rahbar emas, balki haqiqiy maʼnoda "xalq prokurori" edi. 1954-yilda tavallud topgan Xakimboy Aşiroviç öz mehnat faoliyatini oddiy tergovçilikdan boşlab, yuksak salohiyati va tinimsiz mehnati evaziga Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari va Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori darajasigaça kötarildi. U kişi qaysi lavozimda işlamasin – xoh tuman prokurori bölsin, xoh Prezident Xalq qabulxonasi mudiri bölsin, doimo oddiy odamlarning dardini tinglaşga, huquqlarini himoya qilişga intildi. Uning hayoti qonun himoyaçisi bölişni maqsad qilgan har bir yoş uçun ibrat maktabidir.
Bugungi kunda Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlari ham aynan Hakimboy Xalimov kabi ustozlar ögitlariga amal qilgan holda, tumanda qonuniylikni mustahkamlaş yölida xizmat qilmoqdalar. Prokuratura organlarining faoliyati faqatgina jinoyatçilikka qarşi kuraşiş yoki aybdorlarni jazolaş bilan çeklanib qolmaydi. Zamon talabiga köra, prokuror – bu islohotçi, tadbirkorning kömakçisi va fuqarolar huquqining himoyaçisiga aylangan.
Ayni paytda Bahrom Maşaripov boşçiligidagi tuman prokuraturasi jamoasi tomonidan tumanda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yer resurslaridan oqilona foydalaniş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş ustidan qatʼiy nazorat örnatilgan. Har kuni ötkazilayotgan fuqarolar qabuli, sayyor uçraşuvlar va murojaatlar bilan işlaş jarayonida prokuratura xodimlari "Inson qadri uçun" tamoyilini boş mezon sifatida qadrlab, şunga mos ravişda namunali faoliyat yuritmoqdalar.
Bundan taşqari, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni turli yot ğoyalar va huquqbuzarliklardan asraş borasidagi profilaktik tadbirlarda ham prokuratura xodimlari faollik körsatmoqda. Korruptsiyaga qarşi kuraşiş, byudjet mablağlarining maqsadli sarflanişini taʼminlaş va "yaşirin iqtisodiyot"ga barham beriş kabi dolzarb yönalişlarda olib borilayotgan işlar ham aynan ustozlar qoldirgan "poklik va halollik" maktabining davomidir.
Ziyorat davomida prokuratura faxriysi Jumamurat Xaytboyev va boşqalar marhum generalni xotirlab, uning juda talabçan, ammo nihoyatda adolatli inson bölganini yodga oldilar. U kişi biror xodimni asossiz jazolamas, har bir işning tagiga yetişni talab qilar edi. Eng muhimi, Hakimboy Xalimov prokuratura organi xodimi bölsada samimiy, mehrli inson qiyofasini aslo yöqotmadi. 2020-yilda, 66 yoşida bevaqt oramizdan ketgan bölsa-da, uning ögitlari şogirdlari uçun yölçi yulduzdir.
Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan amalga oşirilgan uşbu tadbir şuni körsatadiki, tizimda avlodlar almaşinuvi yuz bergani bilan, maqsad va qadriyatlar özgarmaydi. Hakimboy Xalimov kabi fidoyilarning xotirasiga körsatilgan hurmat – bu aslida Vatanga, qonunga va adolatga bölgan sadoqatning ifodasidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶