“XAVFSIZ XONADON” OYLIGI DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Xalqimizda “Olov — tilsiz yov”, degan naql bor. Bir lahzalik eʼtiborsizlik yoki oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan yonğin inson hayoti, salomatligi va mol-mulkiga jiddiy ziyon yetkazişi mumkin. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalanişga bölgan ehtiyojning ortişi bu borada huşyorlikni ikki karra oşirişni talab etadi.
Şu sababli ham mamlakatimiz böylab joriy yilning 1-31-yanvar kunlari oraliğida “Xavfsiz xonadon” oyligi ötkazilmoqda. Oylik doirasida aholi xonadonlari, köp qavatli uylar, talabalar yotoqxonalari, ijtimoiy soha obʼektlari, quriliş maydonlarida yonğin xavfsizligi qoida va talablariga amal qilinişi, kelib çiqişi mumkin bölgan yonğinlar va boşqa favqulodda holatlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik-tarğibot tadbirlari ötkazilişi belgilangan. Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan ham mazkur oylik doirasida keng kölamli profilaktik tadbirlar yuqori saviyada taşkil etilmoqda.
Oylik doirasida bölim xodimlari joylarda bölib, aholiga tuşuntiriş işlarini olib bormoqda. Bu borada navbatdagi manzil tumanning “Böston” mahallasi böldi. Mahalla markazida taşkil etilgan uçraşuvda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi masʼul xodimlari, mahalla faollari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Muloqot davomida asosiy eʼtibor “is gazi”dan zaharlanişning oldini olişga qaratildi. Mutaxassislar taʼkidlaganidek, is gazi hidsiz va rangsiz bölgani uçun uni seziş qiyin, şu bois har bir xonadondagi dudburon va ventilyatsiya tizimlarining sozligi doimiy nazoratda bölişi şart. Xonalarni muntazam şamollatib turiş, qölbola va nosoz isitiş peçlaridan foydalanmaslik hayotiy zarurat ekanligi tuşuntirildi.
Profilaktika işlari faqat yiğiliş ötkaziş bilan çeklanib qolmadi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari “xonadonbay” usulida aholi yaşaş uylariga taşrif buyurib, u yerdagi gaz va elektr jihozlarining texnik holatini közdan keçirdilar. Fuqarolarga isitiş qurilmalarini nazoratsiz qoldirmaslik böyiça zarur tavsiyalar berilib, ogohlikka çorlovçi maxsus eslatmalar va bukletlar tarqatildi. Bunday jonli muloqotlar aholining yonğin xavfsizligi madaniyatini oşirişda muhim omil bölmoqda.
Tadbirlar Amudaryo muhandislik texnologiyalar texnikumida ham davom etdi. Talabalar turar-joylari, yaʼni yotoqxonalar — yonğin xavfsizligi nuqtai nazaridan eng köp eʼtibor qaratiladigan obʼektlardan sanaladi. Mutaxassislar talabalar yotoqxonasidagi şaroitlarni, xususan, oşxonadagi gaz plitalaridan foydalaniş tartibini örgandilar. Yoşlarga gaz jihozlaridan töğri va ehtiyotkorlik bilan foydalaniş, elektr tarmoğiga ortiqça yuklama bermaslik qoidalari tuşuntirildi.
Şuningdek, binodagi birlamçi yonğin öçiriş vositalari — öt öçirgiçlarning mavjudligi va yaroqlilik muddati tekşiruvdan ötkazildi. Ularning favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan foydalanişga şay holatda bölişi hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Profilaktik tadbirlar doirasida tuman hududidagi yonğin xavfsizligi infratuzilmasining muhim elementi bölgan yer osti suv olgiç gidrantlarining texnik holati ham nazoratdan çetda qolmadi. Qutqaruvçilar gidrantlarning sozligi, suv bosimi va ularga maxsus texnikalarning tösiqsiz yaqinlaşiş imkoniyatlarini közdan keçirdilar. Aniqlangan texnik kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Xulosa örnida aytganda, Amudaryo tumanida ötkazilayotgan “Xavfsiz xonadon oyligi” tadbirlari şunçaki mavsumiy kampaniya emas, balki yurtdoşlarimizning qiş mavsumidan betalafot çiqişlarini taʼminlaşga qaratilgan tizimli harakatdir. Zero, öz uyining xavfsizligiga befarq bölmagan inson, nafaqat özining, balki yon-atrofidagilarning ham osoyiştaligini asragan böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶