Prokuratura masʼullari otaliqqa olingan yoşlar bilan uçraşdilar
Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlar siyosati yangi bosqiçga kötarildi. Yigit-qizlarning muammolarini xizmat xonalarida emas, balki “mahallabay” va “xonadonbay” tizimi asosida bevosita joyiga çiqib örganiş, ularni qiynayotgan masalalarga tezkor yeçim topiş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan joriy etilgan rahbarlarning yoşlarni “otaliqqa oliş” amaliyoti Amudaryo tumanida ham özining ijobiy samarasini bermoqda.
Maʼlumki, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, hayotda öz örnini topişga qiynalayotgan yoki ijtimoiy-huquqiy kömakka muhtoj yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida tumandagi taşkilot rahbarlariga yoşlar nomma-nom biriktirilgan. Bu tizim doirasida Amudaryo tumani prokurori Bahrom Maşaripovga 8 nafar, tuman prokurori örinbosari Omirbay Xudaybergenovga 7 nafar hamda Departamentning tuman bölimi boşliği Maxsetbay Utepbergenovga 7 nafar — jami 22 nafar yoşlar “otaliqqa” biriktirilgan.
Tuman prokuraturasi taşabbusi bilan mazkur toifadagi yoşlar iştirokida uçraşuv taşkil etilib, ularning muammolri tinglandi. Taʼkidlaş joizki, muloqot rasmiyatçilikdan xoli, oçiq va samimiy ruhda ötdi. Unda tuman prokurori va masʼul rahbarlar özlariga biriktirilgan yoşlar bilan yuzma-yuz ötirib, dildan suhbatlaşdilar.
Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad — “otaliqqa” olingan yoşlarning bugungi kundagi real holatini örganiş, ularning oilaviy va ijtimoiy muhiti bilan yaqindan tanişiş hamda kelajakdagi maqsadlarini röyobga çiqarişga kömaklaşişdan iborat böldi.
Oçiq muloqot davomida yoşlar özlarini öylantirayotgan masalalarni ekin bayon etdilar. Xususan, iştirokçilar doimiy iş örniga ega böliş va oilasiga daromad keltiriş, öz biznesini boşlaş maqsadida imtiyozli kreditlar va yer maydonlari oliş tartibi, kasb-hunarga öqiş, zamonaviy IT texnologiyalarini örganiş, tibbiy xizmat va soğliqni saqlaşga oid murojaatlarni örtaga taşladilar.
Rahbarlar har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etiş yuzasidan masʼullarga aniq muddatli topşiriqlar berdilar va ijrosini öz nazoratiga oldilar.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, yoşlarni "otaliqqa oliş" tizimi faqat muammolarni hal qiliş bilan çeklanib qolmaydi. Masʼullar yoşlarning iqtidor va taşabbuslari ham qöllab-quvvatlaşga eʼtbor qaratadilar. Ularning qiziqişlaridan kelib çiqib, sport, madaniyat va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida öz qobiliyatlarini namoyon etişlari uçun zarur şaroitlar yaratib beriş masalasi ham masʼullarning doimiy eʼtiborida. Uçraşuvda yoşlar bilan bu borada ham suhbat qurilib, ularning qiziqişlari va kelajakdagi rejalari tinglandi.
Xulosa örnida aytganda, Amudaryo tumani prokurori va huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari tomonidan amalga oşirilayotgan bunday xayrli işlar yoşlarning ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlamoqda. Bu saʼy-harakatlar ularni jamiyatning faol va taşabbuskor aʼzosi sifatida şakllanişiga, eng muhimi, kelajagimiz egalarini turli yot ğoyalar taʼsiri va jinoyatçilik köçasidan asrab qolişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶