28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:18
Jamiyat 👁 464

AMUDARYoLIK YoShLAR HARBIYLAR HAYoTI BILAN YaQINDAN TANIShDILAR

AMUDARYoLIK YoShLAR HARBIYLAR HAYoTI BILAN YaQINDAN TANIShDILAR

Mamlakatimizda har yili katta hurmat va faxr bilan nishonlanadigan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida yurtimiz boʻylab yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan joylarda uyushtirilayotgan uchrashuvlar, maʼruzalar va “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari yoshlarda Milliy Armiyamizga boʻlgan ishonch va hurmatni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Shu maʼnoda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi Farmoyishi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining 2025-yil 12-dekabrdagi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Milliy Armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida 12-yanvar kuni Amudaryo tumani hududida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yoshlar hayotida unutilmas voqealardan biriga aylandi.

Ushbu tadbirda tumandagi 1-, 31-, 36-, 38-, 55-, 56-, va 87-sonli umumtaʼlim maktablarining 9–11-sinf oʻquvchilari, chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fani rahbarlari hamda maktablarda faoliyat yuritayotgan “Vatan tayanchi” otryadlarining faol aʼzolari ishtirok etdilar. Bu esa tadbirning qamrovi va ahamiyatini yanada oshirdi.

Uchrashuv avvalida Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Shuhrat Mamatov hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining masʼul xodimlari soʻzga chiqib, ishtirokchilarni Vatan himoyachilari kuni bayrami hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi bilan samimiy tabrikladilar. Ular oʻz chiqishlarida soʻnggi yillarda Milliy Armiyamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, harbiy xizmat sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy texnika va qurol-aslahalar bilan taʼminlash borasida qilingan ishlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar.

Shuningdek, mamlakatimiz chegaralarining daxlsizligini taʼminlash, tinchlik va osoyishtalikni saqlashda chegara qoʻshinlarining oʻrni beqiyos ekani, harbiy xizmatning nafaqat sharafli burch, balki yuksak masʼuliyat ekani taʼkidlandi. Yoshlarga Vatan himoyachisi boʻlish uchun jismoniy tayyorgarlik bilan birga, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, qatʼiyat, sadoqat va intizom ham muhim ekani uqtirildi.

Tadbir doirasida oʻquvchilar uchun harbiy qism boʻylab maxsus sayohat tashkil etildi. Tashrif davomida yoshlar harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxona va oʻquv xonalari, sport maydonchalari bilan yaqindan tanishdilar. Harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi esa ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Zamonaviy jihozlar, maxsus texnika vositalari yoshlarda harbiy sohaga nisbatan yanada kuchli qiziqish paydo boʻlishiga turtki berdi.

Ayniqsa, “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari harbiy xizmatchilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, chegarachi kasbining oʻziga xos jihatlari, xizmat shartlari, qabul talablari hamda harbiy taʼlim muassasalari haqida batafsil maʼlumot oldilar. Ofitser va serjantlar yoshlarning barcha savollariga atroflicha javob berib, ularni kelajakda Vatanga sidqidildan xizmat qilishga chorladilar.

Bunday “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, Milliy Armiyamizga hurmat va iftixor tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu uchrashuvlar orqali yoshlar harbiy xizmatning mazmun-mohiyatini yanada chuqur anglab, kelajakda ona yurt ravnaqi va tinchligi yoʻlida fidoiy boʻlishga ilhom oladilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026