Amudaryo tumanida 2026-yilgi ekiş mavsumiga tayyorgarlik köriş masalasida amaliy seminarlar taşkil etildi
Amudaryo tumanining “Tölqin” va “Oq oltin” OFY hududlarida 2026-yil çigit ekiş mavsumiga tayyorgarlik işlari doirasida qator amaliy seminarlar taşkil etildi.
Seminarlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Agrar, suv xöjaligi, tabiatni muhofaza qiliş va ekologiya masalalari qömitasi raisi Anvar Jumanazarov, Suv xöjaligi vaziri Baxtiyor Yusupov, qişloq va suv xöjaligi sohalariga masʼul taşkilotlar rahbarlari, tuman hokimlarining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari hamda fermerlar iştirok etdilar. Uşbu tadbirlar qişloq xöjaligi işlarini ilmiy asosda, belgilangan agrotexnik muddatlarda va yuqori sifat bilan amalga oşirişga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.
Seminarlar davomida qişloq xöjaligi texnikalarini taʼmirlaş ustaxonalarida olib borilayotgan işlar, texnika va agregatlarni mavsumga şay holatga keltiriş jarayonlari atrofliça közdan keçirildi. Şuningdek, ekin maydonlarini şudgorlaş, lazerli tekislaş, şör yuvişga yer tayyorlaş, çel oliş va şör yuviş işlarining borişi yuzasidan amaliy tuşuntirişlar berildi.
Uruğlik çigitini tozalaş, saralaş, tuksizlantiriş va dorilaş, biolaboratoriyalarni mavsumga tayyorlaş masalalari ham seminarlarning muhim yönalişlaridan böldi. Bu jarayonlar kelgusida soğlom köçatlar yetiştiriş va yuqori hosildorlikka erişişda muhim omil ekani alohida taʼkidlandi.
Seminarlar jarayonida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Agrar, suv xöjaligi, tabiatni muhofaza qiliş va ekologiya masalalari qömitasi raisi Anvar Jumanazarov sözga çiqib, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, agrotexnik tadbirlarni töliq va sifatli bajariş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etdi. U öz nutqida şörlangan yerlarni meliorativ holatini yaxşilaş, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş orqali barqaror hosildorlikka erişiş mumkinligini taʼkidladi.
Şuningdek, Suv xöjaligi vaziri Baxtiyor Yusupov seminarda nutq sözlab, içki suğoriş tarmoqlarini betonlaştiriş, qandaklarni belgilangan meʼyorlarda qaziş, suv sarfini aniq hisobga oliş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlaşiça, suvdan tejamkor va samarali foydalaniş — bugungi şaroitda qişloq xöjaligi barqarorligining eng muhim omillaridan biridir.
Tadbirlar doirasida 2026-yil hosili uçun ekilgan ğalla maydonlariga göng çiqariş, yerga yer qöşiş, meliorativ holatni yaxşilaş, içki suğoriş tizimlarini takomillaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar ham muhokama qilindi. Fermerlar bilan oçiq muloqotlar ötkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Mutasaddilar tomonidan amalga oşirilayotgan işlar böyiça aniq tavsiyalar berilib, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, fermerlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Mazkur seminarlar Amudaryo tumanida 2026-yilgi qişloq xöjaligi mavsumiga puxta tayyorgarlik körilayotganidan, sohada tizimli yondaşuv va amaliy nazorat kuçaytirilayotganidan dalolat beradi. Eng muhimi, seminarlar fermerlar bilim va tajribasini oşiriş, yuqori hosil oliş yölida muhim amaliy jarayon sifatida xizmat qilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶