Texnikaning sozligi – möl hosil garovi
Xalqimizda “Qiş ğamini yozda kör”, degan hikmat bejiz aytilmagan. Zero, qişloq xöjaligida har bir daqiqa ğanimat, ayniqsa, bahorgi ekiş mavsumi yaqinlaşgani sayin dala mehnatkaşlari zimmasidagi masʼuliyat ikki hissa ortadi.
Amudaryo tumanida ham ayni kularda bahorgi dala işlariga qizğin hozirlik körilmoqda. Uşbu jarayon Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Amudaryo tuman bölimi xodimlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda. Maʼlumki, sifatli va öz vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlarning muvaffaqiyati, avvalo, qişloq xöjaligi texnikalarining sozligiga, ularning mavsumga şayligiga bevosita boğliq. Şu bois, tumandagi barça mutasaddi taşkilotlar va fermer xöjaliklari kuç-ğayrati texnikalarni taʼmirlaş va sozlaş işlariga safarbar etilgan. Bu jarayon ertangi kun xirmonining barakasi uçun qöyilayotgan mustahkam poydevordir.
Tuman böyiça 2026-yilgi bahorgi dala işlari mavsumiga tayyorgarlik köriş maqsadida işlab çiqilgan çora-tadbirlar rejasiga muvofiq, mavjud 16 ta ustaxonalarda keng kölamli taʼmirlaş işlari taşkil qilingan. Rejaga asosan, tuman böyiça jami 150 dona çigit ekiş seyalkalari, 325 dona kultivator, 1700 dona tişli borona va 293 dona yer tekislagiç molalar töliq taʼmirdan çiqarilişi belgilangan.
Eʼtiborli jihati şundaki, bu yilgi mavsumda texnika va agregatlarni zamonaviy agrotexnologiya talablariga moslaştirişga alohida urğu berilmoqda. Xususan, çigit ekiş va işlov beriş texnikalarini 76 santimetrli oraliq sxemasiga ötkaziş va moslaştiriş işlari olib borilayotgani, kelajakda ğöza parvarişida qator oralariga işlov beriş sifatini oşirişga, ösimlikning rivojlanişi uçun qulay şaroit yaratişga xizmat qiladi. Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, uşbu sxemaning qöllanilişi texnikalarning daladagi harakati davomida köçatlarga şikast yetkazmasligini va agrotexnik tadbirlarning yuqori aniqlikda bajarilişini taʼminlaydi.
Taʼmirlaş işlarining borişi ayrim hududlarda namunali taşkil etilganini alohida qayd etiş joiz. Jumladan, Oq oltin ovulidagi fermerlarning texnikalari jamlangan ustaxonada faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlar va tajribali çilangarlarning saʼy-harakati bilan taʼmirlaş işlari jadal surʼatlarda yakuniga yetkazilmoqda.
Mazkur maskanda rejalaştirilgan texnikalardan 12 dona çigit ekiş seyalkasi, 16 dona kultivator, 88 dona tişli borona hamda 16 dona temir molalar mavsumga töliq şay holatga keltirildi. Uşbu agregatlarning barçasi körikdan ötkazilib, eskirgan qismlari yangisiga almaştirildi, böyoqlaş va moylaş işlari sifatli bajarildi.
Xuddi şunday uyuşqoqlikni Xolimbeg ovulida hududida ham kuzatiş mumkin. Uşbu hududda ham bahorgi mavsum oldidan texnika parkini yangilaş va sozlaş işlariga jiddiy eʼtibor qaratilgan. Bugungi kunga kelib, mazkur ustaxonada 9 dona çigit ekiş seyalkasi, 13 dona kultivator, 72 dona tişli borona va 12 dona temir molalarni taʼmirlaş işlari töliq yakunlandi.
Bu kabi amaliy işlarning zamirida birgina maqsad yotibdi: bahorning ğanimat damlarida, tuproqda namlik saqlanib turadigan qisqa muddat içida çigitni yerga qadaş va uni parvarişlaş işlarini keçiktirmasdan amalga oşirişdir. Texnika soz bölsa, işda unum, dehqonning könglida xotirjamlik böladi. Agregatlarning, ayniqsa, borona va molalarning sozligi esa yerga sifatli işlov beriş, tuproqni mayin holatga keltiriş va namlikni saqlaşda muhim rol öynaydi.
Amudaryo tumanida olib borilayotgan bunday tizimli işlar, texnikalarni mavsumga tayyorlaş jarayonlari 2026-yilda möl va sifatli paxta hosili yetiştiriş uçun mustahkam zamin yaratadi, deyişga töliq asos böla oladi. Zero, bugungi harakat – ertangi baraka demakdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶