Nafosat va isteʼdod maskani: 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi yoşlarni sanʼat olamiga yetaklamoqda
Mamlakatimizda yoş avlodning maʼnaviy dunyoqaraşini yuksaltiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, iqtidor va isteʼdodlarini röyobga çiqariş hamda böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş doimiy eʼtibor markazidagi masala sanaladi. Bu borada joylardagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari öziga xos maʼnaviyat maskani sifatida alohida örin tutadi. Ana şunday taʼlim muassasalaridan biri — Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi bölib, u uzoq yillardan buyon tuman yoşlarining ijodiy va maʼnaviy kamolotiga salmoqli hissa qöşib kelmoqda.
Mazkur maktab faoliyatining ildizlari 1968-yilga borib taqaladi. Öşa yilda taşkil etilgan taʼlim dargohi dastlab musiqa sohasida iqtidorli bolalarni tarbiyalaşga ixtisoslaşgan bölsa, keyinçalik öz faoliyatini kengaytirib, sanʼatning turli yönalişlarini qamrab oldi. 1990-yilda maktab binosi qayta qurilib, u Hamza nomidagi musiqa maktabi sifatida faoliyat yurita boşladi. Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan doimiy eʼtibor natijasida 2015-yilda maktabda keng kölamli rekonstruktsiya işlari amalga oşirilib, zamonaviy öquv xonalari, maşq zallari va ijodiy muhitga ega şart-şaroitlar yaratildi. Bugungi kunda maktab binosi öquvçilarning har tomonlama rivojlanişlari va sifatli taʼlim olib, musiqa hamda sanʼat sirlarini puxta egallaşlari uçun barça talablarga javob beradi.
Ayni paytda maktabda öquv jarayoni önta asosiy yönaliş böyiça taşkil etilgan. Xususan, fortepiano, xalq çolğulari, estrada çolğulari, anʼanaviy xonandalik, baxşiçilik, tasviriy sanʼat, xoreografiya, estrada xonandaligi, anʼanaviy ijro hamda amaliy sanʼat yönalişlari bolalarda ijodiy tafakkur va estetik didni şakllantirişga xizmat qilmoqda. 2025–2026 öquv yilida maktabning 1-sinfiga 44 nafar yangi öquvçi qabul qilingan bölib, joriy yil sentyabr holatiga köra, taʼlim oluvçilarning umumiy soni 206 nafarni taşkil etadi. Şundan 146 nafari musiqa, 60 nafari esa sanʼat yönalişlarida tahsil olmoqda.
Yoş avlodga musiqa va sanʼat sir-asrorlarini örgatiş maqsadida maktabda 36 nafar malakali pedagog faoliyat yuritmoqda. Ularning 19 nafari oliy maʼlumotli, 17 nafari esa maxsus musiqa va sanʼat kollejlarini tamomlagan tajribali mutaxassislardir. Pedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam oşirib borişga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Ular tasdiqlangan reja-jadvallar asosida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazida, sanʼat maktab-internatlari va boşqa muassasalarda bilim va tajribalarini oşirib qaytmoqdalar.
Maktab jamoasi nafaqat taʼlim jarayonida, balki maʼnaviy-maʼrifiy hayotda ham faol iştirok etib kelmoqda. Joriy öquv yilining birinçi yarim yilligida Mustaqillik bayrami, 1-oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni, Davlat tili bayrami, Konstitutsiya kuni hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan ötkazilgan tadbirlarda öqituvçi va öquvçilar tayyorlagan kontsert dasturlari keng jamoatçilikka taqdim etildi. Ayniqsa, yoşlarni vatanparvarlik va ijodiy fikrlaş ruhida tarbiyalaşga qaratilgan “Yangi yil sarguzaşti” nomli teatrlaşgan sahnaviy kontsert dasturi tumandagi umumtaʼlim maktablari öquvçilari va maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilarida katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, 12–31-yanvar kunlari “Teatr yönalişi oyligi” doirasida ötkazilayotgan tadbirlar ham öquvçilar uçun katta ijodiy maktab bölmoqda. Oylik doirasidagi tadbirlarda 34-sonli madaniyat markazining “Jayhun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoasi badiiy rahbari Qudrat Matsafoyev, 40-sonli “Amu sadosi” madaniyat markazi drama tögaragi rahbari Mirsaid Qodirov hamda Özbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali talabasi Anvar Örinboyevlar iştirokida mahorat darslari ötkazilmoqda. Mazkur uçraşuvlarda öquvçilar teatr sanʼatining tarixi, sahna madaniyati va ustoz sanʼatkorlar ijodi haqida qimmatli bilimlarga ega bölmoqdalar.
Ayni kunlarda esa maktabning iqtidorli öquvçilari Xalq çolğulari yönalişi böyiça Respublika körik-tanloviga qizğin tayyorgarlik körmoqda. Şu bilan birga, maktab jamoasi hududni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlarida ham faol qatnaşib, taʼlim dargohi atrofini yanada gözal va namunaviy maskanga aylantirişga öz hissasini qöşib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi yoş avlodni maʼnaviy yetuk, ijodkor va öz milliy qadriyatlariga sadoqatli qilib tarbiyalaşda muhim örin tutayotgan nufuzli taʼlim maskani hisoblanadi. Köp yillik boy tajriba, zamonaviy öquv şaroitlari hamda malakali pedagoglar jamoasi maktab faoliyati samaradorligini yanada oşirmoqda. Taʼlim jarayonida musiqa va sanʼatning turli yönalişlari böyiça berilayotgan bilimlar öquvçilarda estetik did, ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlaş könikmalarini şakllantirişga xizmat qilmoqda.
Şu bilan birga, maktabda taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sahnaviy çiqişlar, mahorat darslari va ijodiy uçraşuvlar yoşlarni vatanparvarlik, jamoaviylik va milliy iftixor ruhida tarbiyalaşga katta hissa qöşmoqda. Tumanimiz markazidagi uşbu maʼnaviyat maskani yana neça-neça yillar davomida yoşlar kelajagi, madaniyat va sanʼat taraqqiyoti yölida mustahkam poydevor vazifasini ötaşi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶