Manğit dehqon bozori atrofida harakat xavfsizligini taʼminlaş çoralari körilmoqda
Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi bölimi inspektorlari hamda profilaktika inspektorlari bilan özaro hamkorlikda Amudaryo tumanining Manğit şahri, Navoiy nomli mahallasi hududida joylaşgan Manğit dehqon bozori oldida keng qamrovli reyd tadbirlari taşkil etildi. Mazkur tadbirlar hududda yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, transport vositalari harakatida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etiş, şuningdek, yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida amalga oşirildi.
Maʼlumki, Manğit dehqon bozori Amudaryo tumanidagi eng gavjum savdo maskanlaridan biri hisoblanib, ayniqsa kunduzgi vaqtda bu hududda transport oqimi keskin oşadi. Natijada Buyuk Turon va Berdaq köçalari kesişmasida tirbandliklar yuzaga kelib, haydovçilar va piyodalar uçun noqulayliklar tuğdirardi. Ayrim hollarda yöl harakati qoidalariga amal qilmaslik holatlari kuzatilib, bu esa avariya xavfining ortişiga sabab bölar edi. Şu bois mazkur hududda manzilli va tizimli çoralar köriş zarurati tuğildi.
Reyd tadbirlari davomida Yöl harakati xavfsizligi bölimi inspektorlari tomonidan transport vositalarini boşqarişda yöl harakati qoidalarini buzayotgan haydovçilarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda maʼmuriy çoralar körildi. Xususan, belgilanmagan joylarda töxtab turiş, yöl çetida tartibsiz parkovka qiliş, piyodalar ötiş joylarida harakat qoidalarini buziş kabi holatlar aniqlanib, ularning har biri yuzasidan tegişli bayonnomalar rasmiylaştirildi.
Şu bilan birga, reyd faqatgina jazolaş bilan çeklanib qolmadi. Tuman Içki işlar bölimi masʼullari, Yöl harakati xavfsizligi bölimi hamda profilaktika inspektorlari tomonidan haydovçilar bilan tuşuntiriş va profilaktik suhbatlar olib borildi. Uşbu suhbatlar davomida yöl harakati qoidalariga rioya etişning ahamiyati, har bir haydovçining majburiyatlari, yöl-transport hodisalarining oğir oqibatlari haqida batafsil tuşuntirişlar berildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etiş maqsadida Manğit dehqon bozori atrofidagi infratuzilmani yaxşilaş böyiça ham qator amaliy işlar amalga oşirildi. Xususan, mazkur hududdagi ayrim svetoforlar texnik nosoz holatga kelib qolgani aniqlanib, ular tezkor ravişda qayta taʼmirlandi va soz holatga keltirildi. Svetaforlarning töliq işlaşi transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga solişda muhim ahamiyat kasb etişi inobatga olindi.
Şuningdek, tirbandliklarning oldini oliş va harakat xavfsizligini doimiy taʼminlaş maqsadida uşbu hududga ikki nafar Yöl harakati xavfsizligi bölimi inspektori doimiy ravişda biriktirildi. Ular kun davomida transport oqimini nazorat qilib boradi, qoidabuzarliklarning oldini oladi hamda haydovçilarga amaliy kömak körsatadi. Bu esa yöllarda tartib-intizomni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Kelgusida yöl harakati xavfsizligini yanada kuçaytiriş maqsadida mazkur hududga maxsus video qayd etiş moslamalarini örnatiş böyiça ham tegişli takliflar işlab çiqildi. Uşbu qurilmalar orqali qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlaş, tirbandliklar sabablarini tahlil qiliş hamda tezkor çoralar köriş imkoniyati yaratiladi. Bu taşabbus zamonaviy texnologiyalarni yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga keng joriy etişga qaratilgan.
Körilgan kompleks çora-tadbirlar natijasida Manğit dehqon bozori atrofidagi Buyuk Turon va Berdaq köçalarida yuzaga kelgan tirbandliklar bartaraf etildi. Ayni paytda transport vositalarining yöllarda tösiqsiz, erkin va xavfsiz harakatlanişi taʼminlanib, piyodalar uçun ham qulay şaroitlar yaratildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶