Amudaryo tumani sport maktabi – yoşlar salomatligi va yuksak natijalar maskani
Bugungi kunda Amudaryo tumani sport maktabi nafaqat tuman, balki Qoraqalpoğiston Respublikasida ommaviy va professional sportni rivojlantirişda yetakçi muassasalardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda. Sport maktabining asosiy maqsadi – yoşlarni soğlom turmuş tarziga jalb qiliş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, şuningdek, iqtidorli sportçilarni kaşf etib, yuksak sport marralariga yetkazişdan iborat.
Amudaryo tumani sport maktabi hududlarda joylaşgan 3 ta asosiy sport bazasi orqali öz faoliyatini olib bormoqda. 1-baza – asosiy baza Amudaryo tumani “Olmazor” mahallasida joylaşgan bölib, bu yerda 105x55 metr ölçamdagi futbol stadioni va 3000-öringa möljallangan tribuna mavjud. Bundan taşqari, bazada 12x24 metrli sport zali, 9x18 metrli voleybol maydoni, 14x28 metrli basketbol maydoni hamda 11x25 metrli yopiq suziş basseyni mavjud bölib, bu inşootlar turli sport turlari böyiça maşğulotlar ötkazişga xizmat qilmoqda.
2-baza Amudaryo tumani “Döstlik” mahallasida joylaşgan. Uşbu hududda 100x70 metrli futbol stadioni va 850-örinli tribuna mavjud bölib, u asosan futbol sport turiga ixtisoslaşgan. Şuningdek, 7x9 metrli 2 ta kuraş va stol tennisi zallari hamda 7x9 metrli badiiy gimnastika zali faoliyat yuritmoqda. Bu yerda dzyudo, kuraş, stol tennisi, futbol va badiiy gimnastika yönalişlarida muntazam maşğulotlar olib borilmoqda.
3-baza esa “Çordara” mahallasida joylaşgan bölib, bu yerda 12x24 metrli sport zali (kuraş va boks uçun) hamda 9x14 metrli moslaştirilgan stol tennisi zali mavjud.
Bugungi kunda Amudaryo tumani sport maktabida jami 28 ta sport turi böyiça maşğulotlar olib borilmoqda. Jumladan, 16 ta olimpiya sport turlari: dzyudo, boks, stol tennisi, taekvondo WT, badminton, oğir atletika, suziş, tennis, erkin kuraş, yengil atletika, badiiy gimnastika, voleybol, futbol, basketbol, regbi va gandbol, 2 ta milliy sport turlari: özbek kuraşi va özbek jang sanʼati, 3 ta noolimpiya sport turlari: qöl jangi, şaxmat, karate WKF, 7 ta parasport turlari: para dzyudo, para öq otiş, para pauyerlifting, para stol tennisi, para taekvondo, para badminton.
Sport maktabida 157 ta guruhda jami 2240 nafar sportçi, şundan 730 nafari qizlar muntazam şuğullanmoqda. Ularning bilim va mahoratini oşirişda 68 nafar sport murabbiylari faoliyat olib bormoqda. Murabbiylarning 50 nafari oliy maʼlumotli, 20 nafari oliy toifali murabbiylar bölib, bu sport maktabida yuqori malakali kadrlar faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.
Sönggi yillarda Amudaryo tumani sportçilari respublika va xalqaro musobaqalarda salmoqli natijalarga erişib kelmoqda. 2024–2025 öquv yilida Özbekiston Respublikasi çempionatlari va kuboklarida jami 86 ta medal, jumladan 18 ta oltin, 26 ta kumuş va 41 ta bronza medallari qölga kiritildi.
Osiyo çempionati va kuboklarida esa 5 ta medal, xalqaro turnirlarda esa 12 ta medal jamğarildi. Boks, dzyudo va taekvondo WT sport turlarida sportçilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumuş va 7 ta bronza medallariga sazovor bölişdi.
Alohida eʼtiborga molik jihati şundaki, 14 nafar sportçi Özbekiston terma jamoalari safiga qabul qilindi, ulardan 11 nafari asosiy tarkib aʼzolari hisoblanadi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida Amudaryo tumanida mahalla va sektor bosqiçlarida sport musobaqalari keng kölamda ötkazildi. Respublika final bosqiçi natijalariga köra, tuman yoşlarimiz 7 ta medalni qölga kiritib, Qoraqalpoğiston Respublikasida yetakçi örinni egallab kelmoqda.
Mazkur loyiha doirasida 2025-yilgaça 16 ta sport maydonçasi qurib berildi, 2026-yilda esa Beştom va Çordara mahallalarida zamonaviy workout maydonçalari barpo etilişi rejalaştirilgan.
Amudaryo tumani sport maktabi bugungi kunda yoşlar salomatligini mustahkamlaş, iqtidorli sportçilarni kaşf etiş va yurtimiz sporti nufuzini oşiriş yölida samarali faoliyat olib bormoqda. Zamonaviy sport inşootlari, tajribali murabbiylar va yuksak natijalar uşbu sport maskanining kelajakda yanada katta yutuqlarga erişişiga mustahkam zamin yaratmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶