28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:26
Jamiyat 👁 294

Harbiy xizmatchilar OTMga yoʻllanma beruvchi imtiyozli tavsiyanomalar olish uchun test topshirdi

Harbiy xizmatchilar OTMga yoʻllanma beruvchi imtiyozli tavsiyanomalar olish uchun test topshirdi

Bugungi kunda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish nafaqat konstitutsion burch, balki jismoniy va maʼnaviy chiniqish maktabi, qolaversa, kelajak uchun katta imkoniyatlar eshigiga aylandi. Shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha harbiy qismlarda, xususan, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli boʻlinmalarda Vatan oldidagi yigitlik burchini sharaf bilan oʻtab, fuqarolik hayotiga qaytishga hozirlik koʻrayotgan mard oʻgʻlonlar uchun hayajonli damlar boshlandi. Ular yil davomida egallagan bilimlarini yakuniy baholash hamda kelgusida oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish huquqini beruvchi tavsiyanomalarni qoʻlga kiritish maqsadida muhim test sinovlarini topshirmoqdalar.

Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik natijasida armiya va taʼlim oʻrtasida mustahkam koʻprik yaratildi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning 2019-yil 30-dekabrdagi qoʻshma qarori muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilimga ega boʻlgan va eng muhimi, namunali harbiy intizomi bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlgan eng munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism qoʻmondonligining imtiyozli tavsiyanomasi berilishi belgilangan. Mazkur sinovlar ana shunday sharafli va masʼuliyatli tanlovning yakuniy bosqichidir.

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashdi Amudaryo tumanidagi harbiy qismlaridan birida tashkil etilgan sinov jarayonlari ham yuqori saviyada, shaffoflik va odillik mezonlari asosida oʻtkazildi. Bu shunchaki bir kunlik imtihon emas, balki askarning yil davomida oʻz ustida qanday ishlagani, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida olgan baholari, xizmatda erishgan yutuqlari hamda komandirlar tomonidan berilgan vazifalarni qanchalik vijdonan bajarganiga beriladigan xolis bahodir. Shu bois, test sinovlariga kirgan har bir harbiy xizmatchining koʻzida qatʼiyat va bilimga boʻlgan ishonchni koʻrish mumkin.

Sinovlarning tuzilishi ham askarlarning har tomonlama salohiyatini tekshirishga qaratilgan. Test savollari jami 100 ta boʻlib, ular askarning turli yoʻnalishlardagi bilimini qamrab oladi. Xususan, savollarning 40 tasi bevosita jangovar tayyorgarlikka, 20 tasi maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarga, 10 tasi matematika, 10 tasi fizika hamda qolgan 20 tasi mantiqiy fikrlashni aniqlashga yoʻnaltirilgan.

Baholash tizimi ham oʻziga xos tartibda ishlab chiqilgan: jangovar tayyorgarlik boʻyicha har bir toʻgʻri javobga 1,2 ball, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik uchun 1,1 ball, qolgan yoʻnalishlar uchun esa 1 balldan hisoblanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, zamonaviy askar nafaqat jismonan baquvvat, balki yuksak intellektual salohiyatga ham ega boʻlishi talab etiladi. Test sinovlarini yechish uchun nomzodlarga umumiy 3 soat vaqt ajratilgan boʻlib, bu muddat ularning oʻz bilimlarini toʻliq namoyon etishlari uchun yetarli imkoniyatdir.

Yuqoridagi qoʻshma qarorga muvofiq, tavsiyanomani qoʻlga kiritgan yigitlar respublikaning oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlarida toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladilar. Bundan tashqari, boshqa oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga hujjat topshirganlarida, ular uchun umumiy qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Yana bir muhim jihat shundaki, harbiy qismlar qoʻmondonligi tomonidan berilgan ushbu tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida oʻz kuchini yoʻqotmaydi.

Ushbu imtihonlar nafaqat eng sara askarlarni aniqlash, balki ertangi kunning malakali kadrlarini kashf etish uchun ham muhim sinov vazifasini oʻtaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026