TUMAN ADLIYa BÖLIMINING 2025-YILDAGI FAOLIYaTI SARHISOBI
Amudaryo tumani Adliya bölimining asosiy faoliyat yönalişlaridan biri – bu qonun buzilişi holatlarini aniqlaş va ularni bartaraf etişdan iboratdir. 2025-yil sarhisobiga köra, bölim tomonidan ötkazilgan örganişlar va monitoringlar davomida jami 1219 ta qonunbuziliş holati aniqlandi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va kelgusida şunday holatlarning oldini oliş maqsadida tegişli taşkilotlarga 27 ta taqdimnoma kiritildi.
Uşbu taqdimnomalar şunçaki qoğozdagi rasmiyatçilik emas, balki amaliy natijalarga ega hujjatlardir. Xususan, ularning ijrosi natijasida 1378 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Şuningdek, qonunçilik talablarini buzgan 10 nafar mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Fuqarolar va davlat manfaatlarini közlab 750 million söm miqdoridagi qarzdorlik undirib berilgani adliya organlarining qatʼiy pozitsiyasidan dalolat beradi.
Bundan taşqari, sud-huquq sohasida ham sezilarli işlar qilindi. Fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş maqsadida sudlarga 47 ta ariza va daʼvo arizalari kiritildi. Natijada, sud qarorlari bilan 47 ta subʼektning huquqlari tiklanib, ularning foydasiga 346 million söm mablağ undirilişiga erişildi.
Davlat xizmatlari: tyezkorlik, şaffoflik va qulaylik
Aholining oğirini yengil qilişda Davlat xizmatlari markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Tuman Adliya bölimi DXM tomonidan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik şaxslarga jami 85 ming 99 ta davlat xizmati körsatildi. Eʼtiborli jihati şundaki, raqamli texnologiyalarning rivojlanişi natijasida mazkur xizmatlarning 37 ming 688 tasi onlayn tartibda amalga oşirilgan.
Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş borasidagi işlar ham eʼtiborga molik. Yil davomida 226 ta yuridik şaxs va 809 ta yuridik şaxs bölmagan tadbirkorlik subʼektlari davlat röyxatidan ötkazildi.
Aholi eng köp foydalangan xizmatlar tahlili şuni körsatadiki, elektron raqamli imzo kalitini oliş böyiça 11 ming 558 ta murojaat qanoatlantirilgan. Şuningdek, kredit tarixi (8 ming 447), sudlanmaganlik töğrisida maʼlumotnoma (4 ming 829), xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş (4 ming 442) kabi xizmatlarga talab yuqori bölgan.
Markaz xodimlari faqat bino içida emas, balki olis hududlarda ham aholiga xizmat körsatmoqda. Xususan, çekka qişloqlarda taşkil etilgan sayyor qabullar davomida 5 ming 579 ta sayyor davlat xizmati körsatilib, aholining vaqti va mablaği tejalişiga erişildi.
FHDYo faoliyati: dyemografik ösiş va oilalar mustahkamligi
Hisobot davrida Amudaryo tumani FHDYo bölimi tomonidan tumanda 4 ming 347 ta tuğilganlik holati qayd qilindi. Şundan 11 nafari muddatida qayd qilinmagan bolalar bölib, FHDYo xodimlarining amaliy yordami bilan ularga hujjatlar rasmiylaştirib berildi.
Oila – jamiyatning asosiy böğinidir. Ötgan davr mobaynida tumanda 1 ming 550 ta yangi oila bunyod böldi. Quvonarlisi, ularning 650 tasini yoş oilalar taşkil etadi. Aholiga qulaylik yaratiş maqsadida nikohlarning 899 tasi sayyor tartibda qayd etilganligi tahsinga sazovor. Afsuski, 182 ta oilaviy ajrimlar ham kuzatilgan bölib, bu borada yaraştiriş komissiyalari tomonidan muntazam işlar olib borilmoqda.
Şuningdek, FHDYo bölimi tomonidan çet davlatlarda tuğilgan bolalarning hujjatlarini yagona elektron arxiv bazasiga kiritiş, nikohda turmagan ota-onalardan tuğilgan 147 nafar bolaga otalikni belgilaş hamda yolğiz onalardan tuğilgan 51 nafar bolaga guvohnomalar beriş kabi ijtimoiy ahamiyatga ega işlar amalga oşirildi.
Yuridik xizmat körsatiş markazi: sifat va nazorat uyğunligi
Davlat taşkilotlari faoliyatining qonuniyligini taʼminlaşda Yuridik xizmat körsatiş markazining ahamiyati katta. 2025-yil davomida markaz tomonidan xizmat körsatiluvçi taşkilotlardan kelib tuşgan jami 93 ming 683 ta hujjat huquqiy ekspertizadan ötkazildi. Ularning 92 ming 332 tasiga ijobiy xulosa berilgan bölsa, qonunçilikka zid bölgan 20 ta loyihaga salbiy xulosa berildi va 661 ta hujjat qayta işlaş uçun qaytarildi. Bu esa öz navbatida, noqonuniy qarorlar qabul qilinişining oldini oldi.
Markaz taşkilotlarning mulkiy manfaatlarini himoya qilişda ham faollik körsatdi. Xususan, qarzdorliklarni undiriş böyiça kiritilgan talabnomalar natijasida byudjet taşkilotlari foydasiga 476 mln 728 ming söm mablağ undirilişiga erişildi. Sudlar tomonidan taşkilotlarning 65 mln 346 ming söm qarzdorliklarini undiriş böyiça daʼvo arizalari qanoatlantirildi.
Huquqiy tarğibot – davr talabi
Qonunlar ijrosini taʼminlaşning eng samarali yöli – aholining huquqiy madaniyatini oşirişdir. Şu maqsadda Adliya bölimi tomonidan keng kölamli tarğibot işlari olib borildi.
Xususan, 2025-yil davomida aholi örtasida va taşkilotlarda 4 ming 683 ta tarğibot tadbiri ötkazildi. Ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlar ham salmoqli: televideniyeda 25 marotaba, radioda 17 marotaba çiqiş qilinib, gazetalarda 19 ta maqola va veb-saytlarda 15 ta material eʼlon qilindi.
Amudaryo tumani Adliya bölimi va uning tizimidagi taşkilotlar tomonidan 2025-yil davomida amalga oşirilgan işlar salmoği nafaqat raqamlarda öz aksini topdi, balki fuqarolar va tadbirkorlar hayotida qonuniylik, huquqiy himoya hamda adolatli munosabatlar mustahkamlanişida ham yaqqol namoyon böldi. Bu mehnatlar ortida esa minglab fuqarolarning tiklangan huquqlari, tejalgan vaqti va qonun ustuvorligiga bölgan işonçi mujassam.
Mansur Sadikov, Amudaryo tumani adliya bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶