12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:03
Qişloq xöjaligi 👁 328

2026-yilgi paxta hosili uçun mustahkam poydevor yaratilmoqda

2026-yilgi paxta hosili uçun mustahkam poydevor yaratilmoqda

Qişloq xöjaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining eng muhim va tayanç tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu tarmoqda yuqori natijalarga erişiş, möl hosil yaratişning eng asosiy şarti esa, şubhasiz, yerga qadalayotgan uruğning sifatiga bevosita boğliqdir. Şu maqsadda bugungi kunda respublikamizning barça hududlarida bölgani kabi, Amudaryo tumanida ham 2026-yilgi paxta hosili uçun yuqori sifatli, serhosil va kasalliklarga çidamli uruğlik çigit tayyorlaş işlari qizğin pallaga kirgan.

Mazkur jarayonlarning belgilangan standartlar va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida, tizimli tarzda olib borilişi ustidan davlat nazorati örnatilgan bölib, bu borada Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi xodimlarining xizmatlari katta bölmoqda. Xususan, Inspektsiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tuman bölimi mutaxassislari tomonidan bugungi kunda uruğlik çigit tayyorlaş jarayonlarining har bir bosqiçi qatʼiy nazoratga olingan.

Inspektsiya tomonidan amalga oşirilayotgan nazorat tadbirlarining asosiy maqsadi – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi qabul qilingan 641-sonli qarori talablarining sözsiz bajarilişini taʼminlaşdir. Mazkur qarorda uruğlik paxta xom aşyosini qabul qiliş, uni talab darajasida saqlaş, dastlabki qayta işlaş, uruğlik çigit tayyorlaş, uni maqsadli tarqatiş va eng asosiysi, sifatini nazorat qiliş böyiça bir qator aniq vazifalar belgilab berilgan.

Uruğçilik borasida Amudaryo tajribasi

Aytiş joizki, Amudaryo tumanida uruğçilik sohasini rivojlantirişda mahalliy tadbirkorlarning örni va taşabbuskorligi alohida tahsinga sazovor. Bu borada tumandagi “Amu sara uruğlari” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyati Respublikaga örnak bölmoqda. Korxona rahbari Yoqubboy Aşirov öz faoliyatini 2009-yilda oddiy fermer sifatida boşlagan edi. Uning boşçiligidagi "Yoqubboy Aşirov" fermer xöjaligi bugungi kunda 114 gektar unumdor yer maydonida ilğor agrotexnik tadbirlarni qöllagan holda dehqonçilik qilib kelmoqda.

Yangiliklarga intiluvçan, izlanuvçan va hamişa öz faoliyatiga zamonaviy innovatsion ğoyalarni, ilğor taşabbuslarni joriy etiş orqali paxta va ğalla uruğçiligi sohasida yuqori natijalarga erişib kelayotgan bu fermer yanada ulkan maqsadlarni öz oldiga qöydi. U tumandagi uruğlik paxta va ğalla yetiştiruvçi qişloq xöjaligi korxonalari uçun yanada kengroq qulayliklar yaratiş, şu bilan birga hududda paxta va ğalla hosildorligini keskin oşirişga özining munosib hissasini qöşiş maqsadida dunyo tajribasini örganişga qaror qildi. Şu maqsadda u Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bölib, u yerdagi tajribali xitoylik uruğşunoslar faoliyati, zamonaviy uruğlik tayyorlaş texnologiyalari va laboratoriya jarayonlari bilan yaqindan tanişdi.

Xitoy safaridan katta taassurotlar va aniq rejalar bilan qaytgan Yoqubboy Aşirov davlatimiz tomonidan tadbirkor va işbilarmonlar uçun yaratilgan keng imkoniyatlardan, xususan, moliyaviy qöllab-quvvatlaş dasturlaridan samarali foydalangan holda tijorat bankidan 3 milliard sömlik imtiyozli kredit mablağini oldi. Uşbu maqsad uçun öz hisobidan yana 3 milliard sömlik xususiy mablağini ham yönaltirib, jami 6 milliard sömlik yirik investitsiya loyihasini amalga oşirdi. Natijada Xitoy davlatidan paxta, ğalla va boşqa donli ekinlar uruğlarini mahalliy şaroitda, yuqori aniqlikda qayta işlaydigan eng sönggi rusumdagi zavod uskunalarini olib kelib örnatdi. Aynan şu tariqa tumanda zamonaviy “Amu sara uruğlari” masʼuliyati çeklangan jamiyati şaklidagi yirik korxonaga asos solindi.

Texnologik jarayonlar: Yuqori sifatli navlar va zamonaviy işlov beriş tizimi

Jamiyat faoliyatiga nazar taşlaydigan bölsak, bu yerda işlar tizimli va ilmiy asosda yölga qöyilganiga guvoh bölamiz. Maʼlumotlarga köra, korxona tomonidan 2025-yil hosilidan tayyorlangan jami 535 tonna hajmdagi uruğlik paxta xom aşyosi qabul qilib olingan. Bugungi  kunga kelib jami 205 tonna uruğlik çigit tayyorlanib, fotoseparatorlardan ötkazib, dorilangan va maxsus qoplarga solinib, ekişga tayyor holatga keltirilgan.

Tayyorlangan uruğlik çigitning asosiy qismini mahalliy iqlim şaroitiga mos, qurğoqçilikka va turli kasalliklarga çidamli bölgan “Sulton” va “Ravnaq-2” navlari taşkil qiladi.

Korxonada uruğliklarni saqlaş jarayoniga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. 2026-yil hosili uçun uruğliklarni dorilaşda qöllaniladigan yuqori sifatli kimyoviy preparatlar va qadoqlaşda foydalaniladigan qoğoz qoplar zaxiralari avvaldan töliq yaratilgan. Eng muhimi, uruğlik çigit saqlanadigan ulkan omborlarda haşarot va turli xil zararkunandalarga qarşi kimyoviy zararsizlantiriş işlari töliq va sifatli amalga oşirilgan.

Qoraqalpoğiston böylab keng qamrovli taʼminot

“Amu sara uruğlari” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşdi korxonada qayta işlangan va yuqori texnologik jarayonlardan ötgan “Ravnaq-2” uruğlik çigit navi köpçilik fermerlarning eʼtiborini qozongan. Şu boisdan ham, uşbu sifatli uruğliklar nafaqat Amudaryo tumani içki ehtiyojlari uçun, balki Qoraqalpoğiston Respublikasining qator hududlariga, jumladan, Şumanay, Taxtaköpir, Xöjayli, Çimboy, Nukus va Taxiatoş tumanlaridagi fermer xöjaliklariga ham şartnoma asosida muntazam ravişda yetkazib berilmoqda. Bu esa öz navbatida butun Orolböyi mintaqasida paxta hosildorligini oşirişga xizmat qilmoqda.

Korxonada uruğlik paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklaridan hosilni uzluksiz qabul qiliş, ularni belgilangan standartlar asosida qayta işlaş va eng sara uruğlarni ajratib oliş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Işlab çiqariş tsexlari, ayniqsa, paxtadan sara uruğlarni avtomatik tarzda ajratib oluvçi murakkab mexanizmlarning benuqson va töxtovsiz işlaşi uçun zarur texnik şart-şaroitlar yaratilgan. Şuningdek, inson omiliga ham katta eʼtibor qaratilib, korxona işçilari va mutaxassislari mavsum oldidan maxsus tayyorgarlikdan ötkaziladi. Ularga mehnat qonunçiligi talablari va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etiş yuzasidan zarur tuşunça va malakaviy tavsiyalar berildi.

Raqamlaştiriş va sifat nazorati

Bugungi kunda qişloq xöjaligi sohasini raqamlaştiriş va mahsulotlarning şaffofligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi “Qişloq xöjaligi ekinlari uruğliklarining sifatini baholaş tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni sohada yangi davrni boşlab berdi.

Uşbu farmon talablariga muvofiq, 2026-yil hosilidan boşlab yurtimizda uruğliklarni yetiştiriş va ularni realizatsiya sotiş bilan şuğullanuvçi barça turdagi tadbirkorlik subʼektlari uçun qatʼiy talab örnatildi. Yaʼni, raqamli QR-kodli yorliq bilan qadoqlanmagan hamda vakolatli organlar tomonidan beriladigan ijobiy xulosa olinmagan har qanday qişloq xöjaligi ekinlarining uruğliklarini tarqatiş qatʼiyan taqiqlanadi. Bundan közlangan asosiy maqsad – fermer va dehqonlarni sifatsiz, kafolatlanmagan va kelib çiqişi nomaʼlum bölgan qalbaki uruğlardan himoya qilişdir. QR-kod orqali har bir xaridor uruğning navi, qaçon va qayerda işlab çiqarilgani, uning unuvçanlik körsatkiçlari haqidagi maʼlumotlarni öz smartfoni orqali soniyalar içida bilib olişi mumkin.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Amudaryo tuman bölimi tomonidan aynan uşbu farmon ijrosini taʼminlaş, noqonuniy va sifatsiz uruğlar savdosining oldini oliş böyiça hududda tizimli işlar taşkil qilingan bölib, jarayonlar doimiy va qatʼiy nazorat qilib borilmoqda.

Ğ.Bozorboyev, Agroinspektsiyaning  Amudaryo tuman bölimi Qişloq xöjaligi ekinlari uruğlari yetiştirilişi ustidan nazorat qiliş böyiça boş mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026