“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi boʻlib oʻtdi
2026-yil 20-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari oʻrtasida Mudofaa vaziri kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqada Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Sh. Mamatov, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Z. Sadullayev, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbarlari uslubchisi G. Yuldashev, shuningdek, mazkur fan oʻqituvchilari hamda 10–11-sinf oʻquvchilari — “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari ishtirok etdilar.
Bellashuvlar turli harbiy-amaliy va psixologik shartlar asosida tashkil etildi. Musobaqaning asosiy maqsadi — yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Ona-Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat va intizom fazilatlarini shakllantirishdan iborat boʻldi.
Natijalarga koʻra:
1-oʻrin — 3-sonli maktabning “Amir Temur” jamoasi
2-oʻrin — 1-sonli maktabning “Qalqon” jamoasi
3-oʻrin — 64-sonli maktabning “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi
Gʻolib boʻlgan 3-sonli maktabning “Amir Temur” jamoasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.
Musobaqa sovrindorlari faxriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Yoshlarimizning Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalanayotgani barchamiz uchun quvonarlidir!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶