Bojxona qömitasi taşabbusi bilan ehtiyojmand aholi vakillari va nuroniylar uçun iftorlik dasturxoni yozildi
Mamlakatimizda muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkazişga qaratilgan keng kölamli işlar izçil davom etmoqda. Davlatimiz rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi qarori asosida bu yil uşbu muborak oy “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va şukronalik oyi” ğoyasi ostida taşkil ötkazilmoqda. Uşbu ezgu taşabbusdan közlangan asosiy maqsad — xalqimizga xos insonparvarlik, bağrikenglik, saxovat va özaro hurmat kabi qadriyatlarni yanada mustahkamlaş, ularni keng tarğib etişdan iborat.
Qaror ijrosi doirasida joylarda iftorlik dasturxonlari yozilib, xayriya tadbirlari ötkazilmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat diniy-maʼnaviy ahamiyatga ega, balki aholi örtasida özaro hamjihatlik va birdamlik muhitini kuçaytirişga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalar, keksa insonlar va jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolarga körsatilayotgan eʼtibor jamiyatda ijtimoiy himoya tamoyillarining mustahkamlanişiga zamin yaratayapti.
Ramazon oyi munosabati bilan Bojxona qömitasi taşabbusi asosida Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy va Törtköl tumanlarida ehtiyojmand aholi vakillari uçun iftorlik tadbirlari taşkil etildi. Uşbu xayrli amallar orqali yuzlab fuqarolar bir dasturxon atrofida jam bölib, muborak oyning fayzidan bahramand bölişdi. Tadbirlarda nuroniylar, keng jamoatçilik vakillari hamda sohada faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar iştirok etdi.
Amudaryo tumani taşkil qilingan iftorlik marosimida söz olganlar yurtdoşlarimizni muqaddas Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, amalga oşirilayotgan xayriya tadbirlari insonlar örtasida mehr-oqibat riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilayotganini taʼkidladilar. Şuningdek, Ramazon oyining maʼnaviy fazilatlari, saxovat va şukronalikning inson hayotidagi örni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Aytib ötilganidek, bu oy nafaqat röza tutiş, balki ezgu amallar qiliş, muhtojlarga kömak beriş, qalblarni yaqinlaştiriş oyidir.
Tadbir davomida duoga oçilgan qöllar, keksalarning samimiy tilaklari va ezgu niyatlari iftorlik dasturxoniga alohida fayz bağişladi. Yoşi uluğ insonlarning duolari iştirokçilar qalbida iliq tuyğular uyğotdi. Bunday samimiy muhit jamiyatda özaro hurmat va bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Muhimi, mazkur xayrli tadbirlar faqat alohida hududlar bilan çeklanib qolmayapti. Respublika böylab turli taşkilot va idoralar tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan iftorlik va xayriya aktsiyalari izçil davom ettirilmoqda. Bu esa Ramazon oyining mazmun-mohiyati — mehr-muruvvat va şukronalik ğoyalari amalda öz ifodasini topayotganini körsatadi.
Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi qarorida qayd qilinganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlaş, jamiyatimizda tinçlik, döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, aholi, ayniqsa, ehtiyojmand toifalarni ijtimoiy himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar tufayli muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati, özaro ahillik, saxovat va şukronalik ğoyalarini özida mujassam etgan muborak Ramazon oyi xalqimiz qalbiga yanada yaqin va möʼtabar ayyomga aylanmoqda. Uşbu maʼtabar va muborak ayyom munosabati bilan yozilgan iftorlik dasturxoni ham mana şu xayrli işlarning amaliy ifodasi böldi.
Muborak Ramazon oyini yuqori saviyada taşkil etiş, ehtiyojmandlarga yordam körsatiş va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaşga qaratilgan bu kabi ezgu işlar jamiyatimizda insonparvarlik tamoyillarini yanada mustahkamlaşga hissa qöşmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶