28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:00
Jamiyat 👁 238

Ijtimoiy himoya masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Ijtimoiy himoya masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar, yengilliklar va turli xildagi moddiy hamda ijtimoiy yordamlar haqida batafsil maʼlumot berish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda ushbu maqsadda tuzilgan respublika ishchi guruhi aʼzolari, Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralarning tumandagi boʻlinmalari rahbarlari, ijtimoiy himoya, mehnat va aholi bandligi boʻlimlari masʼullari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar batafsil tushuntirildi. Jumladan, kam taʼminlangan oilalarga bir martalik moddiy yordam, oylik nafaqalar, bolalar uchun qoʻshimcha toʻlovlar, kommunal xizmatlar uchun subsidiyalar, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan imtiyozlar, taʼlim va tibbiy xizmatlardagi yengilliklar, shuningdek, ish bilan taʼminlash va kasb-hunar oʻrgatish dasturlari haqida keng turda maʼlumotlar berildi.

Mutaxassislar tomonidan har bir yordam turining qonunchilik asosi, undan foydalanish shartlari, kerakli hujjatlar roʻyxati, murojaat qilish tartibi va muddatlari aniq misollar bilan tushintirib berildi. Bu maʼlumotlar aholi oʻrtasida uchraydigan va mavjud tizimdan xabardorlikning yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan notoʻgʻri tushunchalarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Alohida taʼkidlanganidek, ijtimoiy himoya tizimining asosiy maqsadi – nafaqat moddiy qiyinchilikdagi oilalarga vaqtinchalik yordam berish, balki ularning oʻzini oʻzi taʼminlash qobiliyatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish va kambagʻallikdan chiqishiga doimiy yoʻl yaratishdan iborat. Shu boisdan, seminarda faqat mavjud imtiyozlar haqida emas, balki ulardan samarali foydalanish, murojaatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbirning yana bir muhim qismi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining bu jarayonlardagi ishtirokiga bagʻishlandi. Hokim yordamchilari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning hayotiy muammolarini oʻrganish, roʻyxatga kiritish uchun hujjatlarni tayyorlash va tegishli idoralar bilan hamkorlikda manzilli yordam koʻrsatishda asosiy kuch sanaladi. Hokim yordamchilariga reyestrga kiritish jarayonlarining yangi tartibi, maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish, aholi bilan muloqot qilish usullari va ijtimoiy himoya dasturlarining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berildi. Bu yoʻnalishdagi ishlarning sifati va shaffofligi aholining davlatga boʻlgan ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar tomonidan koʻplab savollar berildi va ularga mutaxassislar tomonidan aniq, amaliy javoblar qaytarildi. Bu tadbir nafaqat maʼlumot tarqatish, balki aholi va mahalliy idoralar oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirish, tizimning shaffofligini taʼminlash va ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlarning amaliy natijalarini koʻrsatishga xizmat qildi.

Natijada yigʻilish ishtirokchilari davlat tomonidan koʻrsatilayotgan yordamlar haqida toʻliqroq tasavvurga ega boʻldi. Bu kabi tushuntirish ishlarining izchil davom ettirilishi kelgusida aholining ijtimoiy himoya tizimidan foydalanish darajasini oshirib, kam taʼminlangan oilalarning turmush darajasini yanada yaxshilashga hissa qoʻshadi. Zero, davlatning ijtimoiy siyosatdan asosiy maqsadi ham har bir fuqaroning farovonligi va adolatli yordam tizimining samarali ishlashini taʼminlashdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026