28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:14
Jamiyat 👁 283

Amudaryo tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi

Insoniyat tarixi davomida ayolni eʼzozlash, unga hurmat va ehtirom koʻrsatish turli madaniyatlar, dinlar va jamiyatlarda oʻziga xos shakllarda namoyon boʻlgan. Qadimgi davrlardanoq ayol hayot manbai, oila poydevori va jamiyatning maʼnaviy-axloqiy ustuni sifatida qadrlangan. Dunyoning koʻplab madaniyatlarida ayolning mehri va sabr-toqati yuksak eʼtirof etilgan. Zamonaviy insoniyat esa bu qadriyatlarni huquqiy va ijtimoiy tenglikka asoslangan holda rivojlantirmoqda: ayolning taʼlim olish, mehnat qilish, siyosiy faoliyatda ishtirok etish va oʻzini oʻzi roʻyobga chiqarish huquqlarini himoya qilish global miqyosda muhim masalaga aylangan.

Shu sababli ham 8-mart dunyoning koʻplab mamlakatlarida ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy yutuqlarini ulugʻlash, gender tenglikni taʼminlash va kamsitishlarga qarshi kurash kuni, Xalqaro xotin-qizlar bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Amudaryo tumanida ham mazkur sana munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi. Tuman Madaniyat boʻlimi binosida tashkil etilgan ushbu tadbir turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan faol xotin-qizlar, keng jamoatchilik vakillari, nuroniy onaxonlar hamda tuman aholisining keng qatlami ishtirok etdi. Bayram tadbiri xotin-qizlarning jamiyatdagi munosib oʻrnini yana bir bor eʼtirof etish, ularning mehnati, fidoyiligi va oilaviy-ijtimoiy hayotdagi beqiyos rolini yuksak qadrlash maqsadida oʻtkazildi.

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov ochib berdi. U oʻz tabrigida barcha xotin-qizlarni ushbu qutlugʻ bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda oʻz olganlar xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrni beqiyos ekanini, ular oilada mehr-muhabbat va tarbiya manbai, jamiyatda esa fidoyi, tashabbuskor va masʼuliyatli kuch sifatida barcha sohalarda oʻz oʻrniga ega ekanini taʼkidladilar.

Chindan ham, bugun yurtimizda xotin-qizlar taʼlim, tibbiyot, madaniyat, iqtisodiyot, tadbirkorlik, qishloq xoʻjaligi va boshqa koʻplab sohalarda erkaklar bilan teng ravishda faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Shu bilan birga, ularning oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdagi roli ham alohida eʼtirofga sazovordir.

Tadbirda davlat va nodavlat tashkilotlarida, xususiy biznes sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlar bayram munosabati bilan taqdirlandi. Mehnatsevarligi, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan atrofdagilarga oʻrnak boʻlib kelayotgan ayol-qizlarga tuman hokimi nomidan tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Bu kabi hurmat va ehtirom nafaqat ularning shaxsiy yutuqlarini eʼtirof etish, balki butun tumandagi xotin-qizlar mehnatiga yuksak eʼtiborning yorqin ifodasi boʻldi. Taqdirlanganlar orasida oʻqituvchilar, shifokorlar, madaniyat va sanʼat xodimlari, tadbirkor ayollar, mahalla faollari va boshqa soha vakillari bor edi. Ularning har biri oʻz sohasida koʻp yillik samarali faoliyati bilan jamiyat rivojiga hissa qoʻshib kelayotgani alohida qayd etildi.

Tadbirda ishtirok etgan barcha xotin-qizlarga bayram munosabati bilan esdalik sovgʻalari topshirildi. Har bir ishtirokchi oʻzini eʼzozli va qadrli his qildi, bayram tashkilotchilari ularga samimiy tilaklar – sogʻlik-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik, mehnatda muvaffaqiyatlar va hayotda har doim gullab-yashnashdek baxt-saodat tilab, samimiy minnatdorlik izhor etdilar.

Chindan ham, yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatini taʼminlash, muammolarini hal qilish boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani bugun oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlar hisobiga mamlakatimiz boʻylab 230 mingga yaqin tadbirkor ayollar sinfi shakllandi, mirishkor fermer ayollarimiz 12 ming nafardan oshdi. Ilm-fan rivojiga ulkan hissa qoʻshayotgan olimalarimiz 6 ming nafardan oshdi.

Sana munosabati bilan tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturida bahor, goʻzallik, ona, ayol va muhabbat mavzularini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar, jozibali raqslar, qiziqarli sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Sanʼatkorlarning ijrosidagi milliy qoʻshiqlar, zamonaviy estrada kuylari va lirik raqslar yigʻilganlarning qalbida bayramona kayfiyat uygʻotdi. Kontsert dasturi xotin-qizlarning goʻzalligi, mehri va hayotga boʻlgan muhabbatini yana bir bor ulugʻladi, ularga oʻziga xos ruhiy koʻtarinkilik bagʻishladi.

Ushbu bayram tadbiri Amudaryo tumanida xotin-qizlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yana bir yorqin namunasi boʻldi. U nafaqat bayramni nishonlash, balki ayollarning jamiyatdagi rolini yuksaltirish, ularning mehnatini qadrlash va kelgusida ham samarali faoliyat yuritishga ruhlantirishdek ulugʻvor maqsadlarga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi. Tadbir orqali xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi, oiladagi oʻrni va ahamiyati yana bir bor eʼtirof etilib, jamiyatdagi birdamlik, mehr-muhabbat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlashda ularning oʻrni beqiyos ekani taʼkidlandi.

Fursatdan foydalanib, aziz va moʻʼtabar ayollarni, muhtarama onalar, qadrli opa-singillar va dilbar qizlarni bahor nafasi bilan kirib kelgan goʻzal ayyom — 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu qutlugʻ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, qalbingizga xotirjamlik, ezgu ishlaringizga omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz. Xonadoningizdan fayz-baraka, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat aslo arimasin, aziz ayollar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026